Britaniyaning Ukrainadagi Brimstone komplekslari - Rossiya QKning ustuvor nishoni

© © Sputnik / Stringer / Pereyti v fotobankStringer
Stringer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi harbiy harakatlar teatri NATO mamlakatlari uchun ham eski temir-tersaklardan qutilish ham yangi qurollarni sinab ko‘rish uchun qulay tajriba poligoni vazifasini o‘tamoqda.
Nisbatan yangi modifikatsiyada Brimstone yuqori aniqliqdagi ko‘p maqsadli raketalari Ukraina qurolli kuchlariga Rossiya bronetexnikasi va Qora dengiz floti kemalariga o‘q otish maqsadida yetkazilgan. Aynan shuning uchun ham ular yo‘q qilinishga mahkum.
Britaniya Ukraina Qurolli kuchlariga kichik gabaritli yuqori aniqlikda boshqariladigan Brimstone-2 “havo-yer” raketalarini yetkazib berdi. The Telegraph gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurollar “rossiyalik askarlar hayotini jahannamga aylantirishga qodir”. Xo‘sh, ko‘ramiz, yaqinda o‘sha yerga aslida kim borar ekan. Brimstone raketalar oilasining Ukrainadagi muvaffaqitalari haqida hech nima ma’lum emas. Biroq, Zaporojye viloyati hududida may oyida ishlatilmagan, deyarli shikastlanmagan bir kanalli navigatsiya tizimli Britaniya raketasi topilgan. Ukraina Qurolli Kuchlari Brimstone-1 aviatsiya raketalaridan yer usti platformasidan, ya’ni yuk mashinasidan turib (terrorchining orzusi) boshqargan. Bunday uslub nishonga tegishni 12 kmgacha cheklaydi.
Londonning Kiyev rejimiga harbiy va iqtisodiy yordami 2022-yilda 4,5 milliard dollarga yetdi. Britaniyaning Mudofaa vaziri Ben Uolles 25-aprel kunida mamlakat Ukrainaga “Odessani dengizdan keluvchi har qanday hujumlardan himoya qilishda foydalanish mumkin bo‘lgan” Brimstone kemaga qarshi yerdan boshqariluvchi yengil raketalarni yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqarilayotganini ma’lum qildi. Vazirning parlamentdagi o‘rinbosari Jeyms Xippi 27-aprel kuni Ukrainaga “dengiz mudofaasini kuchaytirish maqsadida” 100 ta Brimstone kemaga qarshi raketalar jo‘natilganini ma’lum qildi. Aniqrog‘i, raketalar sinov uchun yuborilgan.
Brimstone Sea Spear kemaga qarshi raketa modifikatsiyasi 2012-yilda ishlab chiqarilgan va harbiy harakatlarda undan foydalanilmagan. Ushbu raketa Brimstone-1 va Brimstone -2 asosiy namunalardan yirikroq, 100 kg.gacha harbiy yuklama ko‘tara oladi. Brimstone Sea Spear ikki kanalli kallak, shuningdek, inersion va sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasidan foydalangan holda boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Turboreaktiv dvigatel kemaga qarshi raketaga tovush tezligi va 100 km gacha uzoqlikni ta’minlaydi. Ukrainadagi harbiy harakatlar teatri britaniyalik mutaxassislarga o‘ta shafqatsiz sharoitlarda Brimstonening har bir turi va modifikatsiyasini sinovdan o‘tkazish (takomillashtirish yoki utilizatsiya qilish) imkonini yaratib beradi. Ukraina Qurolli Kuchlarining funksiyasi faqat tajriba sichqoni bo‘lib qolish bilan cheklangan xolos.

Foydalanish xususiyatlari

Britaniyaning Brimstone-1 ultratovush raketalari (uzunligi 1,8m, og‘irligi - 48 kg), harbiy yuklamasi - 6,4kg) Amerikaning AGM-114 Hellfire-II “havo-yer” raketasiga asoslanib yarimfaol lazer boshqaruv tizimi bilan yaratilgan. Boshqarish tizimi “otildi va unutildi” tamoyiliga asoslanib bajarilgan. Brimstone-1 raketasi nishon hududiga yetib borish uchun inersion navigatsiya tizimi va yarim faol o‘z-o‘zini navigatsiyalovchiya lazer kallagi bilan jihozlangan.
“Irsiy” va orttirilgan xususiyatlariga ko‘ra Brimstone-1 taktik aviatsiya samolyotlari arsenaliga kirgan. Yuqori aniqlikdagi, boshqariladigan raketa dushmanning zirhlangan (himoyalangan) obyektlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Iroqda, Afg‘onistonda, Liviyada foydalanilgan.
Britaniyalik harbiylarni Iroqdagi navigatsiya tizimi qoniqtirmagan, chunki unda odam ishtirok etishi - jang maydonida nishonni lazer bilan yoritib ko‘rsatib turishni talab qilgan. 2008-yilda yangi talablarga ko‘ra, Brimstone Dual-Mode modifikatsiyasi yaratilgan va undan keyinroq Afg‘onistonda muvaffaqiyatli foydanishdi. NATOning Liviya bo‘yicha havodan berilgan zarbalarida 2011-yilda Britaniyaning Tornado samolyotlari 200 dan ortiq tandem harbiy qism va o‘z navigatsiyalovchi ikki kanalli kallakli Brimstone-1 raketalaridan foydalangan. Ular o‘nlab yer usti stansionar nishonlari va hatto bir nechta suv usti - uchta “La Combattante IIG” fransuz tipidagi raketa katerlarini hamda 1159TR loyihasidagi qo‘riqlovchi kemalarini yo‘q qilgan.
MBDA konsorsiumi 2013-yilning kuzida Brimstone-2 raketasining yangi dvigatel va katta kuchdagi harbiy kallakli modifikatsiyasini sinovdan o‘tkazdi. Takomillashtirilgan radiolokatsion o‘zi navigatsilalanuvchi kallak tez va manevr qiladigan yerdagi nishonlarni, shuningdek, past radiolokatsion sezgirlikda topish va kuzatishga o‘rgandi. Nishongan tegish masofasi samolyotdan 60 km gacha va vertolotdan 40 km gacha. Brimstone-2 modifikatsiyasi Britaniya Qirollik harbiy havo kuchlari tarkibida 2016-yildan buyon bor.
Kiyev rejimi barcha modifikatsiyalardan olmoqda, biroq Brimstone-1, Brimstone Dual-Mode va Brimstone-2 raketalari uchun maxsus ishga tushirish o‘rnatmalari tashib yuruvchi samolyot uchun yaratilgan. Masalan, qiruvchi-bombardimon Eurofighter Typhoon 18 ta raketa bilan oltita ishga tushirish o‘rnatmalarini ko‘tarishi mumkin. Tornado GR4 samolyoti 6 tagacha Brimstone ni boshqa qurol-yaroqlar bilan ko‘tara oladi.
Ukrainaning Havo kuchlari bunday hajmni ko‘tara oladigan samolyotlarga ega emas. Ukraina Qurolli Kuchlaridagi keskin yetishmovchilikni uchuvchisiz apparatlar bilan to‘ldirilish mumkin. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, kuchsiz Bayraktar TB2lari variant bo‘la olmaydi. Kiyev 2014-yildan buyon Vashingtondan Brimstone raketalari uchun shtat tashuvchi hamda zarba beruvchi MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlarini talab qilmoqda. “Ekuvchi”ning harbiy harakat radiusi 1900 km gacha. Shu sababli Rossiya amerikalik “sheriklari”ni nazorat qilib, Ukrainadagi harbiy harakatlar teatri va ehtimol, boshqa nizoli nuqtalarda adekvat yoki assimetrik javob berishga shay holatda turibdi.
1 dona Brimstone-1 raketasi narxi - 150 ming dollar atrofida, ikkinchi modifikatsiyasi 207 ming dollar turadi. Albatta, dengiz versiyasi yanada qimmatroq, va Ukraina Kurolli Kuchlarining snarad tanqisligi bu yetishmovchilikni to‘ldirib bera olmaydi. Tushinish uchun, harbiy operatsiya maydonida Rossiya artilleriyasi har kuni 50 ming o‘q-dorilardan foydalanadi. Ukraina artilleriyachilari ikki haftada 30 minggacha snarad ishlatadi. AQShning harbiy sanoat kompleksi esa 155mm lik bu miqdordagi o‘q-dorilarni bir yil deganda ishlab chiqaradi. Qolaversa, Amerikaning harbiy sanoati NATO ishlab chiqarish salohiyatining taxminan 90% ini tashkil etadi.
Avvalroq Buyuk Britaniya Kiyev rejimiga taxminan 7000 ta tankka qarshi NLAW ko‘chma raketa komplekslari, 100 dan ortiq zirhli mashina, Starstreak zenit raketalari bilan Stormer o‘ziyurar o‘rnatmalari, o‘nlab M109 gaubitsalari va L119 shatakka olinadigan qurollari, M270 zalp olovli reaktiv tizimlari, 4,5 tonna plastik portlovchi moddalarini jo‘natgan edi. Xo‘sh bu ko‘pmi yoki kam?
Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari maxsus harbiy operatsiyanng to‘qqiz oyi davomida 512 ta samolyot va vertolotlar, 2549 ta uchuvchisiz apparatlar, 390 ta mobil zenit raketa komplekslari, 6758 ta tank va boshqa zirhli mashinalar, 3611 ta artilleriya qurollari va minometlar, 900 dan ortiq zalp olovli reaktiv tizimlarini yo‘q qilgan. Endi farqlarni o‘zingiz solishtirib ko‘ring.
Yangiliklar lentasi
0