Eng ko‘p mahsulot qaysi davlatga eksport qilinayotgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishGruzovie konteyneri v portu
Gruzovie konteyneri v portu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ichida Rossiya, Xitoy va Turkiya yetakchilik qilmoqda.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar ichida Rossiya yetakchilik qilmoqda. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ichida Rossiya, Xitoy va Turkiya yetakchilik qilmoqda.
O‘zbekiston eksportidagi TOP 10ta davlat:
Rossiya – 2,5 mlrd dollar;
Xitoy – 2,2 mlrd dollar;
Turkiya – 1,3 mlrd dollar;
Qozog‘iston – 1,1 mlrd dollar;
Qirg‘iziston – 773 mlrd dollar;
Afg‘oniston – 579 mln dollar;
Tojikiston – 406 mln dollar;
Kanada – 178 mln dollar;
Turkmaniston – 171 mln dollar;
Eron – 120 mln dollar.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston meva va sabzavotlarini asosan Qozog‘iston va Rossiyaga eksport qilmoqda. Masalan, yanvar-sentabr oylarida mamlakatdan Rossiyaga 96,8 ming tonna uzum jo‘natilgan. Shuningdek, 9 oyda O‘zbekiston 64,6 ming tonna shaftolini Rossiyaga eksport qilgan.
Yangiliklar lentasi
0