JSST epidemiya yoki pandemiyani keltirib chiqararuvchi patogenlar ro‘yxatini yangilashga kirishdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v odnom iz otdeleniy gospitalya COVID-19
Meditsinskie rabotniki v odnom iz otdeleniy gospitalya COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Yangilangan ro‘yxat kelgusi yilning birinchi choragida e’lon qilinishi kutilmoqda.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelgusida epidemiya yoki pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ustuvor patogenlar ro‘yxatini yangilashga kirishdi. Yangilangan ro‘yxat kelgusi yilning birinchi choragida e’lon qilinishi kutilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Qayd etilishicha, buning uchun 300 nafardan ortiq olimlar jalb qilindi. Ular 25 ta virus va bakteriya guruhlariga doir ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi.
Shuningdek, kelgusida “X kasalligi” yuzaga chiqarishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xavf omillari o‘rganiladi.
Natijada to‘plangan manbalar infeksiyalarga qarshi yanada samarali vaksina hamda preparatlar yaratish, sog‘liqni saqlash sohasiga doir zarur chora-tadbirlar hamda strategiyalarni ishlab chiqishda foydalaniladi.
Ilk bor patogenlar ro‘yxati 2017-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng faqat bir marta ushbu ro‘yxat ommaviy yig‘ilishda muhokama qilingan.
Yangi ro‘yxatdan quyidagilar joy olishi ko‘zda tutilgan:
COVID-19;
Qrim-Kongo gemorragik isitmasi;
Ebola va Marburg viruslari;
Lassa isitmasi;
Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS);
og‘ir o‘tkir respirator sindrom (SARS);
Nipah virusi;
Rift vodiysi isitmasi;
Zika virusi va “X” kasalligi.
JSSTning yetakchi olimi Sumiya Svaminatanning ta’kidlashicha, ustuvor patogenlar ro‘yxati insoniyat salomatligini asrash yo‘lida profilaktik choralar vazifasini o‘taydi.
Yangiliklar lentasi
0