Siyosat

MDH mamlakatlari jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid dastur loyihasini kelishib olishdi

Flagi YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qoʻshma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi 2024–2028 yillarga moʻljallangan.
TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlari jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha 2024–2028 yillarga moʻljallangan qoʻshma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi loyihasini kelishib olishdi.
Minsk shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha 2024–2028 yillarga moʻljallangan qoʻshma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi va MDH Davlat rahbarlari kengashining mazkur masala boʻyicha qarori loyihalarini muvofiqlashtirish boʻyicha ekspert guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, shuningdek, Hamdoʻstlikning qator ixtisoslashgan sanoat tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.
Maʼlum qilinishicha, dasturning qabul qilinishi MDHga aʼzo davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashda oʻzaro hamkorligini tizimli rejalashtirish, vakolatli organlarning saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish zarurati bilan bogʻliq.
Dastur transchegaraviy jinoyatchilikning barcha koʻrinishlarida qarshi kurashish boʻyicha tashkiliy-huquqiy va amaliy chora-tadbirlar majmuini oʻz ichiga oladi.
Hujjatda odam savdosi, noqonuniy migratsiya, korruptsiyaga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashish chora-tadbirlari ham oʻz aksini topgan.
MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Beketjan Jumaxanovning soʻzlariga koʻra, mazkur hujjat loyihalari MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashi tomonidan maqullangan va taqdim etilgan.
Loyihada muvofiqlashtirilgan idoralararo, tezkor va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish, qoʻshma oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish amaliyotini davom ettirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida oʻquv mashgʻulotlari, faol axborot almashish masalalariga ustuvor ahamiyat beriladi.
Ekspert guruhi aʼzolari tomonidan kelib tushgan fikr-mulohazalar va takliflar koʻrib chiqilib, hujjatlar loyihalari yakuniga yetkazildi va kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0