O‘zbekiston mo‘’jizalari: Mirziyoyev va Makron Luvrda noyob ko‘rgazmani ochib berishdi - foto

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Turli mamlkatlardan keltirilgan 138 noyob buyumlardan iborat ko‘rgazma 2023-yil 6-mart kuniga qadar davom etadi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev hamda Emmanuel Makron 22-noyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalarining mo‘’jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazmani ochib berdilar.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
Marosimda ikki prezidentga birinchi xonimlar Ziroat Mirziyoyeva va Brijit Makron hamrohlik qildi.
Aytish joizki, ushbu ko‘rgazmaga so‘nggi uch yil davomida puxta tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Luvr restavratsiyachilari va mahalliy mutaxassislar bir nechta bosqichdan iborat keng ko‘lamli tiklash tadbirlarini amalga oshirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
Bu ishlar natijasida Luvrning Rishelye zali va Islom bo‘limida xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan beshta bo‘limdan iborat katta ko‘rgazma makoni yaratildi. Bular – “Voha davlatlari va podshohliklari davri: Ipak yo‘lidagi madaniyatlarning muloqoti”, “O‘rta asrlar va san’atning gullab-yashnashi”, “Markaziy Osiyoda islomning tarqalishi, madaniyat va fanda Uyg‘onish davri”, “Ibn Sinodan Chingizxongacha”, “Buyuk imperiyalar davri: Temuriylar va Shayboniylar”.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
O‘zbekiston tarixining 1500-yildan ortiq davrini qamrab olgan ko‘rgazma mamlakatning 16 muzeyidan 138 ta noyob ashyo, shu jumladan ko‘rgazma uchun maxsus restavratsiya qilingan 70 ta eksponatdan iborat. Shuningdek, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQShning yirik muzeylaridan keltirilgan 31 ta buyum ko‘rgazmadan joy oldi.
Ko‘rgazmaning ilk mehmonlari bo‘lgan O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari Dalvarzintepa va Xolchayon yodgorliklaridan topilgan eksponatlar, Varaxshadagi qizil rangli xonadan devoriy surat, Kofirqal’adan o‘ymakor panno, Katta Langar Qur’oni sahifalari, Amir Temur maqbarasidan qo‘sh eshik, Afrosiyobdagi elchilar tasviri tushirilgan devoriy surat va boshqa eksponatlar bilan tanishdilar. Ularning yaratilishi va topilishi, ular bilan bog‘liq tarixiy davrlar va shaxslar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
Ko‘rgazma 2023-yil 6-mart kuniga qadar davom etadi.
Qayd etish kerakki, o‘zbek xalqining boy madaniy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalarining mo‘’jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi O‘zbekiston prezidentining 2018-yilning oktabr oyida Fransiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etildi. Prezident o‘shanda O‘zbekiston va Fransiya muzeylari hamkorligida ko‘rgazmalar tashkil etish, ikki mamlakat o‘rtasida ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirish zarurligini qayd etgan edi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
V Luvre otkrilas vistavka, posvashennaya Uzbekistanu
Yangiliklar lentasi
0