Sport

Oʻsmirlar oʻrtasida trampolin boʻyicha JChda Oʻzbekiston oltin medallarni qoʻlga kiritdi

© Milliy olimpiya qoʻmitasi Trampolin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi
Trampolin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida trampolin boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionatida 2ta oltin medal qoʻlga kiritishdi.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Trampolin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Jahon Chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Bu haqida Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida trampolin boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Unda 11-12 yosh toifalarida kechgan batutda sinxron sakrash dasturida Firdavs Ibragimov hamda Sardor Muhammadiyev eng yuqori natija qayd etib, oltin medalga sazovor boʻlishdi.
Shuningdek, ushbu yosh toifasining akrobatik yoʻlakcha dasturida Serdan Shodiyev ham jamoa hisobiga oltin medalni taqdim etdi.
© Milliy olimpiya qoʻmitasi Trampolin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi
Trampolin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2022
Trampolin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi
Yangiliklar lentasi
0