Iqtisod

Oʻzbekiston Misrga guruch eksportini yoʻlga qoʻyishi kutilmoqda

© AFP 2022 / BENSON IBEABUCHIProdaja risa v magazine, foto iz arxiva
Prodaja risa v magazine, foto iz arxiva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Qohira shahrida Misr sanoatlari uyushmasining Oziq-ovqat palatasi raisi Mahmud al-Basyumiy bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Oʻzbekistondan Misrga guruch, Misrdan Oʻzbekistonga tsitrus mevalar va boshqa mahsulotlar eksporti yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda. Bu haqida “Dunyo” AA xabar berdi.
Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Qohira shahrida Misr sanoatlari uyushmasining Oziq-ovqat palatasi raisi Mahmud al-Basyumiy bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida oziq-ovqat sohasida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston va Misr kompaniyalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olish va ikki tomonlama tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Misr tomoni Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi rahbari va vakillarini, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan yirik oʻzbek kompaniyalarini 5-7 dekabr kunlari Qohirada boʻlib oʻtadigan "Food Africa 2022" xalqaro koʻrgazmasida qatnashishga taklif qildi.
Koʻrgazma chogʻida ikki mamlakat oziq-ovqat sanoati palatalari ishtirokida muzokaralar oʻtkazish, hamkorlik istiqbollarini belgilab oluvchi "Yoʻl xaritalari"ni tuzish tashabbusi bildirildi.
Maʼlumot uchun, Oziq-ovqat sanoati palatasi Misr oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tasdiqlovchi shahodatnoma taqdim etish, soha rivojiga hissa koʻshadigan strategiyalarni ishlab chiqish va qonun ijodkorligi bilan shugʻullanadi, shuningdek, mamlakat oziq-ovaqt sanoatining imijini yaratishi bilan birga uni turli xalqaro forumlarda taqdim etadi.
Tashkilot tizimi shakar, shirinliklar, sut va sut mahsulotlari, sharbatlar, sabzavot va mevalar, yogʻ, don va ziravorlar kabi 9 boʻlimdan iborat. Palata sohada faoliyat olib borayotgan 18 mingdan ortiq kompaniyalarni birlashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0