O‘zbekiston Rossiyaliklar eng ko‘p sayohat qilgan top-3 davlatlar qatoriga kirdi

© Lokatsii uzbAnsambl Shaxi-Zinda v Samarkande
Ansambl Shaxi-Zinda v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Ruslar bu kuzda qanday sayohat yo‘nalishlarini tanlashdi- bizning materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston shu yilning kuzida rossiyaliklar eng ko‘p chipta sotib olgan mashhur yo‘nalishlar uchligiga kirdi. Bunday ma’lumotlar Tutu.ru xizmati tahlilchilari tomonidan taqdim etildi.
Shunday qilib, birinchi o‘rinni Tojikiston egalladi. Bu mamlakatga chipta sotib olgan yo‘lovchilar ulushi 18,53 foizni, bir tomonlama chiptaning o‘rtacha narxi esa 14,2 ming rublni tashkil qilgan.
Qirg‘iziston ikkinchi o‘rinda. Kuzda 16,78% rossiyaliklar mazkur davlatga sayohat qilishga qaror qilishgan va o‘rtacha hisob 16 000 rublni tashkil etdi.

Uchinchi o‘rinni O‘zbekiston band etgan. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, mamlakat sayohatchilarning 14,17% tomonidan tanlandi va o‘rtacha chipta narxi bir tomonga 17,5 ming rublni tashkil etdi.

Bundan tashqari, bu kuzda ruslar orasida mashhur yo‘nalishlar ro‘yxati quyidagicha:
Armaniston 12,01%, 18 820 rubl;
Ozarbayjon 11,32%, 16279 rubl;
Turkiya 8,61%, 30242 rubl;
Belarus 4,99%, 8399 rubl;
Qozog‘iston 4,51%, 21437 rubl;
BAA 1,41%, 46 346 rubl;
Isroil 1,22%, 47883 rubl;
Gruziya 1,03%, 31224 rubl;
Misr 0,45%, 38706 rubl;
Tailand 0,44%, 71287 rubl;
Germaniya 0,43%, 39533 rubl;
Serbiya 0,42%, 40291 rubl.
Yangiliklar lentasi
0