Rossiyada migratsiyani ro‘yxatga olishning elektron tizimi ishga tushdi

© Sputnik / Denis GrishkinPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarov
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Elektron tizim xorijliklar va rossiyaliklarning barcha migratsion harakatlarini kuzatib borish imkonini beradi.
TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Rossiyada migratsiyani ro‘yxatga olish elektron tizimi ishga tushdi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Migratsiya bosh boshqarmasi rahbari Valentina Kazakova ma’lum qildi.
Uning yordamida xorijliklar va rossiyaliklar oldin va hozir ro‘yxatga turgan joylari bo‘yicha elektron dosyeni olish mumkin.
"Ichki ishlar vazirligi migratsiyani elektron ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat axborot tizimini qabul qildi. Bu juda muhim axborot mahsuloti bo‘lib, u Rossiya va chet el fuqarolari haqida elektron ma’lumotlarni olish imkonini beradi", - dedi u "Rossiya Segodnya" axborot agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda.
Kazakova aytishiga ko‘ra, yangi ishga tushgan elektron tizim migrantlar Rossiyaning barcha hudularidagi migratsion harakatlarini kuzatib borish imkonini beradi. Shuningdek, bu davlat xizmatlarini “tezroq va sifatli” olish imkonini ham beradi.
Eslatib o‘tamiz, birz oldin Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsev bugungi kunda RFda 6 millionga yaqin xorijiy fuqarolar borligi va ulardan 9% noqonuniy yashayotgani haqida xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0