Iqtisod

Sudda ishni koʻrganlik uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori kamaytirilmoqda

Sudya molotok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik subʼyektlari maʼmuriy sudlarga ariza berishida davlat boji stavkasi 2 baravarga kamaytirilmoqda.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Sud tomonidan ishni koʻrganlik uchun undiriladigan davlat bojlari miqdorlarini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan.
Vazirlik matbuot kotibining maʼlum qilishicha, bu mamlakatda aholiga, shu jumladan, tadbirkorlik subʼyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda, sudlarga murojaat qilishda yengilliklar hamda qulayliklar yaratish borasidagi tizimli islohotlarning davomidir.
Qonun loyihasida quyidagi masalalar nazarda tutilmoqda:
- birinchidan, sud ish yuritishni taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatganda, toʻlangan davlat bojining 50 foizi qaytarilishi belgilanmoqda. Oldin davlat boji qaytarilmas edi;
- ikkinchidan, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga mulkiy tusdagi daʼvo arizalar bilan murojaat qilinganda jismoniy shaxslar daʼvo bahosining 1 foizi, yuridik shaxslar 2 foizi miqdorida davlat boji toʻlashi belgilanmoqda. Avval jismoniy va yuridik shaxslar bir xil miqdorda yaʼni, daʼvo bahosining 4 foizi miqdorida davlat boji toʻlar edi;
- uchinchidan, iqtisodiy sudlarda mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan undiriladigan davlat bojlarining tabaqalashtirilgan miqdorlari belgilanmoqda. Bunda daʼvo bahosining 2 foizidan 0,5 foizigacha tabaqalashtirilgan miqdorlar belgilanmoqda. Oldin, daʼvo bahosining 2 foizi miqdorida davlat boji undirilar edi;
- toʻrtinchidan, yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik subʼyektlari maʼmuriy sudlarga ariza berishida davlat boji stavkasi 2 baravarga kamaytirilmoqda;
- beshinchidan, mulkiy tusdagi daʼvo arizalari sud tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun undiriladigan davlat bojlarining yuqori miqdorining chegarasi belgilanmoqda. Avval, undiriladigan davlat bojlarining yuqori chegarasi belgilanmagan edi;
- oltinchidan, soliq organlari qarori ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida sudga berilishi mumkinligi belgilanmoqda. Oldin soliq organlari qarori ustidan ariza (shikoyat) uch oy ichida sudga berilishi mumkin boʻlgan.
Hujjat 6 dekabrga qadar muhokamada boʻladi.
Senatorы odobrili vneseniye izmeneniy i dopolneniy v zakon O gosudarstvennoy poshline - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.11.2022
Siyosat
Senat “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni maʼqulladi
Yangiliklar lentasi
0