Dekabr boshida Toqayevning O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

© Ofitsialniy sayt prezidenta KazaxstanaTokayev obsudil s Mirziyoyevim torgovie svazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii
Tokayev obsudil s Mirziyoyevim torgovie svazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev dekabr oyi boshida Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davlatlararo munosabatlarda yangi davrni boshlab berishiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Dekabr oyi boshida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘istonning yangi tayinlangan elchisi Beybut Atamkulovning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘ini topshirish chog‘ida ma’lum qilindi.
“Qozog‘iston asrlar davomida qalin do‘st va yon qo‘shnimiz, strategik hamkor va yaqin ittifoqchimizdir. So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalarning sur’ati yuqori bo‘lib kelmoqda. Parlamentlararo munosabatlar, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda”, - dedi Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, ustuvor sohalarda 3 milliard 500 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zaro savdo hajmi ham muttasil o‘sib borayapti. Bu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 20 foizga ortib, 4 milliard dollarga yaqinlashgani ham mamlakatlar salohiyati naqadar katta ekanini ko‘rsatadi.
Yaqinda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston madaniyati kunlari ham ikki qardosh elni yanada yaqinlashtirishga xizmat qildi.
“Dekabr oyi boshida Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davlatlararo munosabatlarda yangi davrni boshlab berishiga ishonch bildirildi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 20-noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi prezident Qosim-Jomart Toqayev saylovchilarning 81,31 foiz ovozini to‘plab, g‘alaba qozondi. Qozog‘iston prezidentining inauguratsiyasi 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0