Jamiyat

Toshkentda allergolog va immunologlar xalqaro kongressi ish boshladi

© ministerstvo zdravooxraneniyaV Tashkente startoval II mejdunarodnыy kongress allergologov-klinicheskix immunologov
V Tashkente startoval II mejdunarodnыy kongress allergologov-klinicheskix immunologov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xalqaro tadbirda Rossiya, Avstriya, Gruziya, Argentina, Qozogʻiston kabi davlatlar olimlari ham qatnashyapti.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Bugun, 24 noyabr kuni Toshkentda allergolog-klinik immunologlarning II “Molekulyar allergologiyaning rivojlanish davri” mavzusidagi xalqaro kongressi ish boshladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda mahalliy hamda Rossiya, Avstriya, Gruziya, Argentina, Qozogʻiston kabi qator xorijiy mamlakatlar olimlari ishtirok etmoqda.
Tadbirda sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova va boshqalar soʻzga chiqib, tibbiyotning allergologiya-klinik immunologiya yoʻnalishini rivojlantirish orqali bugungi kunda paydo boʻlayotgan yangidan yangi turlariga samarali yechim topish mumkinligini taʼkidladi.
Buning uchun tibbiy profilaktikani kuchaytirish, sohaga doir yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish, ilgʻor diagnostika va davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish zarur ekani urgʻulandi.
Anjumanda allergologik xizmat, bronxial astma, allergik rinit va molekulyar allergologik tashxisot, dori allergiyasi, atopik dermatitga oid dolzarb muammolar muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, tadbirda ilk bor molekulyar allergologik diagnostika boʻyicha mahorat darslari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda dunyo aholisining 30-40 foizi allergik kasalliklardan aziyat chekmoqda. Xususan, rivojlangan mamlakatlarda har uch kishidan biri allergik rinit, har oʻn odamdan biri bronxial astmaga chalingan.
Taʼkidlanishicha, keyingi oʻn yilda dunyo boʻyicha allergik kasalliklar koʻrsatkichi 2 barobar oshgan. Yanada xavotirlisi, uning oʻta ogʻir kechuvchi yangi turlari ham koʻpaymoqda. Bu ekologik muammolar, notoʻgʻri ovqatlanish, dori vositalarini haddan tashqari koʻp qabul qilish, kam harakatlilik kabi omillar bilan bogʻliq.
Qolaversa, koronavirusga chalinganlarni davolashda antibiotiklar, ferment va gormon preparatlari, vitaminlar, qon suyultiruvchi vositalardan koʻp miqdorda foydalanish allergik kasalliklarni avj oldirib yubordi. Oqibatda anafilaktik shok, toksikoallergiya, Layella va Stivens Jonson sindromi kabi oxiri oʻlim bilan yakun topadigan allergik kasalliklar koʻpaydi.
Molekulyar allergologiya — ana shunday innovatsion diagnostika usullaridan biri. U allergenning molekulyar komponentlarini oʻrganib, tarkibida koʻp uchraydigan faol major allergenlarni va organizmga tushgach, unga qarshi ishlab chiqarilgan antitanachalar spetsifik immunoglobulin YE miqdorini har bir allergenga nisbatan aniqlab beradi.
Yangiliklar lentasi
0