Toshmatov: Ostonadagi O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki davlat do‘stligini namoyon etmoqda

© Sputnik / StringerZolotoy golos Uzbekistana Mansur Tashmatov na konserte v chest Dnya Rossii v Tashkente
Zolotoy golos Uzbekistana Mansur Tashmatov na konserte v chest Dnya Rossii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artistining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek va qozoq xalqining tili, urf-odatlari, qarashlari bir-biriga yaqin.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Xonanda va O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayogan O‘zbekiston madaniyati kunlarida ishtirok etmoqda. Sputnik muxbiri bilan suhbatda u tadbir borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Qozog‘istonda o‘tayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari bu ikki davlat do‘stligini namoyon etadigan keng ko‘lamdagi bayram bo‘lyapti”, - dedi Mansurov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston xalqi bilan ko‘rishish, mahorat darslari, konsert va uchrashuvlar barchasi o‘zbekistonlik san’atkorlar uchun esda qolarli xotiralarni tuhfa etapti.
“Qardosh xalqlar bilan uchrashuvimiz, ayniqsa Ostona shahridagi uchrashuvlarda insonlarning mehri, o‘zbek san’atiga bo‘lgan sog‘inch va muhabbati yaqqol sezildi”, - deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi u.
“Mening san’atim bilan sobiq ittifoqdagi va MDH mamlakatlari tanish, Qozog‘istonga tashrifimizda oradan vaqtlar o‘tib, insonlar meni eslayaptimi, yoshlik davrimda aytgan qo‘shiqlarim ularga hamon yoqaptimi degan o‘ylar qalbimdan o‘tdi va amin bo‘ldimki, hamon muxlislar qalbidaman! Bizning tilimiz, urf-odatlarimiz, qarashlarimiz bir-biriga yaqin, mana shunday turkiy tilli davlatlar bilan aloqalarimiz yaxshi bo‘lsa, o‘zaro tinchlik abadiy bo‘ladi, insonlarning do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanadi. Mana shunday tadbirlarimiz ko‘payaversin!”, - deya xulosa qildi Mansurov.
Eslatib o‘tamiz, Ostonada 21-noyabrdan O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda. Tadbirlarda O‘zbekistondan yuzdan ortiq ijodkorlar, xususan, madaniyat va san’at namoyondalari, hunarmand va rassomlar ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0