Yuz yoshli daraxtlarga tabiat yodgorligi maqomi beriladi

© GosKomEkologii UzbekistanaSozdayetsya reyestr 100-letnix derevyev
Sozdayetsya reyestr 100-letnix derevyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
100 yoshli daraxtlarning har biriga tabiat yodgorligi maqomi beriladi va qat’iy davlat muhofazasiga olinadi.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 100 yoshli daraxtlar aniqlanib davlat reyestriga kiritilmoqda. Bu haqida Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov aytishiga ko‘ra, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar doirasida respublika bo‘ylab yuz yoshdan oshgan daraxtlarni aniqlash, ularni alohida davlat reyestriga kiritish va tabiiy yodgorlik maqomini berish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga asosan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, sug‘orish, dorilash va parvarishlash ishlari tashkil etilgan.
“Xatlovni o‘tkazishda 100 yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reyestr yuritilib, raqamli ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda. Ayni paytga qadar Respublika miqyosida 5 mingdan, Toshkent shahrida esa 100dan ortiq asrlarga tenglashgan daraxtlar borligi ma’lum bo‘ldi.
Daraxtlarning raqamli ma’lumotlar bazasini yaratishdan asosiy maqsad — ularning har biriga tabiat yodgorligi maqomini berishdan iborat. Ma’lumotlar bazasi yaratilgandan so‘ng har bir yoshi katta daraxt qat’iy davlat muhofazasiga olinadi.
Ushbu daraxtlarni tabiat yodgorligi deb e’lon qilish "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida"gi qonun talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ilmiy-amaliy seminarda har bir hududning tuproq-iqlim xususiyatlariga mos ko‘chatlarni tanlab ekish va 100 yoshli daraxtlarning o‘ziga xos xususiyatlari, kasallik darajasi va zararkunandalardan asrash bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch harakat kasalliklari reabilitatsiya markaziga esdalik sovg‘alari va O‘zbekiston "Qizil kitobi" to‘plamlari topshirildi. Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari tomonidan markaz hududiga daraxt ko‘chatlari ekildi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning kuzida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilingan edi. Tadbir doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. 2022-yil oxiriga qadar 75 million dona va 2023-yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0