Siyosat

Milliy mass-media fondi rahbarlari oʻzgardi - tafsilotlar

© Komil AllamjonovMilliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimiga Nozima Davletova saylandi. Fond direktori lavozimiga esa Akramjon Fozilov tayinlandi.
TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi va fond direktori oʻzgardi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Komil Allamjonov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimiga Nozima Davletova saylandi. Fond direktori lavozimiga esa Akramjon Fozilov tayinlandi.
© Komil AllamjonovMilliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2022
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

“Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimiga saylangan Nozima Davletova va fond direktori lavozimiga tayinlangan Akramjon Fozilovning ishlariga omad tilab qolaman”, deb yozadi Komil Allamjonov.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyida Nozima Davletova Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori lavozimiga tayinlangandi. Uning nomzodi bu lavozimga Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida tasdiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0