Prezidentning ikkita maslahatchisi lavozimi birlashtirildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishV zale zasedaniy
V zale zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu yangi lavozim avvalgi ikkita maslahatchi lavozimini birlashtirish orqali tashkil etilgan.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Prezidentning ikkita maslahatchisi lavozimi birlashtirilmoqda. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
Ushbu yangi lavozim avvalgi ikkita maslahatchi lavozimini birlashtirish orqali tashkil etilgan.
Bunda prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda prezidentning davlat xizmati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari tugatildi.
Ularning negizida yangi lavozim joriy etilgan.
Yangi lavozimni joriy etishdan maqsad:
davlat va fuqarolar o‘rtasida hamkorlikni yangi tizimini tashkil etish;
davlat organlarida murojaatlarini ko‘rib chiqishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish;
joylarda muammolar hal etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni o‘rnatish.
Shuningdek, Xalq qabulxonalari institutini kuchaytirish yuzasidan ayrim vazifalar belgilandi. Bunga so‘nggi paytlarda Xalq qabulxonalari faoliyati yetarli samara bermayotgani, joylardagi muammolarni hal qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yib, asosan sansalorlik bilan shug‘ullanayotgani aholining haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotgani sabab bo‘ldi.
Xalq qabulxonalari xodimlariga quyidagi huquq berilmoqda:
Davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha qonunbuzilishlar yuzasidan ma’muriy bayonnomalar tuzish va sudga yuborish.
Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi tashkil etilayotgan Administratsiya rahbari yordamchilari muvofiqlashtirib boradi va ular bevosita hududlarda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Bunda Administratsiya rahbari yordamchilari shtatlari mavjud shtat birliklarini qisqartirish evaziga tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy etilgan yangi lavozimni Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev egalladi va u viloyat hokimi lavozimidan ozod etildi.
Yangiliklar lentasi
0