https://oz.sputniknews.uz/20221125/shavkat-mirziyoev-zarafshonda-oyna-ishlab-chiqarish-korxonasini-ishga-tushirdi-30255018.html
Shavkat Mirziyoyev Zarafshonda oyna ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi
Shavkat Mirziyoyev Zarafshonda oyna ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi
Sputnik O‘zbekiston
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham mo‘ljallangan. 25.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-25T18:57+0500
2022-11-25T18:57+0500
2022-11-25T18:57+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
navoiy viloyati
korxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/19/30255104_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_ff2dab82ab35a159da4203d5aff4db8b.jpg
TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida “Zarafshon oyna” korxonasi ishga tushirildi.Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirdi.Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham mo‘ljallangan. Bu yerda 700 kishi ish bilan ta’minlangan.Ma’lumki, oyna sanoat, qurilish va maishiy hayotda eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotlardan. O‘zbekistonda oynaga bo‘lgan talab yiliga 38 million kvadrat metr. Navoiy viloyati esa pardozbop tosh, kvars qumi, bazalt va kaolin zaxiralariga boy. Shu bois prezident 2018-yilda viloyatga tashrifi chog‘ida oyna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Bugunga kelib, 250 million dollarlik ushbu loyiha hayotga ko‘chdi.
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/19/30255104_46:0:1182:852_1920x0_80_0_0_d1baf9ca69063d2ae3f631890c55e4cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, navoiy viloyati, korxona
iqtisod, shavkat mirziyoyev, navoiy viloyati, korxona
Shavkat Mirziyoyev Zarafshonda oyna ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham mo‘ljallangan.
TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida “Zarafshon oyna” korxonasi ishga tushirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirdi.
Hozirgacha bunday korxonalar Farg‘ona va Jizzaxda bor edi. Mana, ularning safiga yangi barpo etilgan, keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zarafshon oyna” korxonasi ham qo‘shilmoqda. U kelgusida yanada rivojlanib, xalqimizga xizmat qilishiga ishonamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham mo‘ljallangan. Bu yerda 700 kishi ish bilan ta’minlangan.
Ma’lumki, oyna sanoat, qurilish va maishiy hayotda eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotlardan. O‘zbekistonda oynaga bo‘lgan talab yiliga 38 million kvadrat metr. Navoiy viloyati esa pardozbop tosh, kvars qumi, bazalt va kaolin zaxiralariga boy. Shu bois prezident 2018-yilda viloyatga tashrifi chog‘ida oyna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Bugunga kelib, 250 million dollarlik ushbu loyiha hayotga ko‘chdi.