Toshkent xalqaro aeroportida inson aralashuvisiz ishlaydigan avtoturargoh ishga tushirildi

© Uzbekistan Airports"Toshkent" xalqaro aeroportida avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi
Toshkent xalqaro aeroportida avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Avtoturargoh tizimi avtomobillarning davlat raqamlarini mustaqil ravishda eslab qoladi hamda kirish/chiqish va to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi - tafsilotlar.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. ​"Toshkent" xalqaro aeroportida avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi. Bu haqida Uzbekistan airports xabar berdi.
Qayd etilishicha, test rejimida Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminali oldida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 333ta avtoturargohga mo‘ljallangan to‘liq avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi.
Bu inson aralashuvisiz ishlaydigan birinchi avtoturargoh bo‘lib, avtoturargoh tizimi avtomobillarning davlat raqamlarini mustaqil ravishda eslab qoladi hamda kirish/chiqish va to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.
© Uzbekistan Airports"Toshkent" xalqaro aeroportida avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi
Toshkent xalqaro aeroportida avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
"Toshkent" xalqaro aeroportida avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi
Avtomatlashtirilgan avtoturargohning ishlash tartibi
Haydovchilarga to‘xtash joyi uchun to‘lov amalga oshirishning ikki usuli taklif etiladi. Avtomashina raqamini avtomatik identifikatsiyalangan taqdirda, to‘xtash joyi uchun to‘lov maxsus avtoturargoh hisoblagichi orqali naqd pulda yoki QR kod yordamida amalga oshirilishi mumkin.
To‘lovni amalga oshirish uchun mashina raqami terminalga kiritiladi, shundan so‘ng to‘lov miqdori parkometr displeyida paydo bo‘ladi. Agar mashinaning raqamini avtomatik ravishda aniqlash imkoni bo‘lmasa, avtoturargohga kirishda o‘rnatilgan terminaldan maxsus chiptani olib, chiqishda ushbu chipta yordamida to‘lov amalga oshirish lozim.
To‘lov amalga oshirish vositalari
Ayni paytda barcha yangi va eski banknotalar, qaytimni olish imkoniyati bilan, to‘lovga qabul qilinadi. Shu bilan birga, Payme to‘lov tizimi yordamida QR-kod orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Yaqin vaqt ichida boshqa to‘lov tizimlari, shuningdek, Visa, Mastercard, Humo va UzCard bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Aytilishicha, mobil ilova bilan avtoturargohning integratsiyalashuvi ham yakunlanmoqda, bu esa avtomobildan chiqmasdan to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.
"Tizimning ikki kunlik ishlashi natijasida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchilarning 99 foizi avtoturargoh uchun naqd pulda to‘lov amalga oshiradi, bu esa mablag‘larning noqonuniy chiqib ketish imkoniyati kattaligidan dalolat beradi. Avtomatlashtirish korrupsiya faktini butunlay istisno qiladi - terminal bilan "kelishib" bo‘lmaydi va u daromadlarni yashirmaydi. To‘liq moliyaviy shaffoflik”, deydi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Djurayeva.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda ikkinchi avtoturargohda – kelish terminali oldida uskunalarni o‘rnatish va sozlash ishlari olib borilmoqda. Kelgusida poytaxt aeroportining qolgan avtoturargohlari ham to‘liq avtomatlashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0