Yuqorichirchiqdagi karantin markazida to‘qimachilik texnoparki tashkil etiladi

© Shtab po koronavirusu po Namanganskoy oblastiKarantinniy sentr
Karantinniy sentr  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida 70 gektarda joylashgan karantin markazida to‘qimachilikka ixtisoslashgan texnopark tashkil etiladi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazi asosida to‘qimachilikka ixtisoslashgan texnopark tashkil etiladi. Bu haqida Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.
Unda quyidagilar belgilangan:
Savdo-sanoat palatasi muassisligida “SSP Texnopark” MChJ - to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan industrial texnopark tashkil etish;
“SSP Texnopark” MChJning ustav fondida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ulushini shakllantirish hisobiga Toshkent viloyati Yukorichirchiq tumani, “Qo‘rsoy” va “Nurli zamin” MFYlar hududidagi 69,2 gektar maydondan iborat bo‘lgan fuqarolarni vaqtincha saqlashga moslashtirilgan karantin majmuasini balans qiymatda berish;
“SSP Texnopark” MChJ keyinchalik ushbu davlat ulushini belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari asosida beriladi.
Ushbu qonun - "Investitsiyalarni faol jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni va aniq sohalarga ixtisoslashgan texnologiya parklarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning alohida hududlarda jamlanishini ta’minlash, shu asosda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini va faravonligini oshirish maqsadida qabul qilinmoqda", - deyilgan qaror matnida.
Yangi qonun loyihasi bilan batafsil Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida tanishish mumkin. Uning muhokamasi 8-dekabrga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0