O‘zbek adibi Qo‘chqor Norqobil "Moskvaning oltin qalami" mukofotini qo‘lga kiritdi

© O‘zAQo‘chqor Norqobil
Qo‘chqor Norqobil  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbek adibining "Moskvaning oltin qalami" uchun hay’at a’zolari tomonidan "Aktorning sevgisi" hikoyasi alohida e’tirof etildi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbek adibi Qo‘chqor Norqobil "Moskvaning oltin qalami" ("Zolotoe pero Moskvi") 2- Xalqaro festivalida nasr yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqida O‘zA xabar berdi.
"Moskvaning oltin qalami" (Zolotoe pero Moskvi) 2-Xalqaro festivali 18-noyabridan 20-noyabriga qadar bo‘lib o‘tdi. Loyiha onlayn o‘tkazilishiga qaramay, nafaqat yozuvchilar, balki kitobxonlar uchun ham yilning asosiy adabiy voqealaridan biriga aylandi.
Festivalning “Nasr” nominatsiyasi bo‘yicha 9 nafar ishtirokchi g‘olib bo‘lgan. O‘zbek adibining "Moskvaning oltin qalami" uchun hay’at a’zolari tomonidan "Aktorning sevgisi" hikoyasi alohida e’tirof etildi.
Ma’lumot uchun, adib "Daryo ortidagi yig‘i" (1994), "O‘n sakkizga kirmagan men bor" (2002), "Kulib tur, azizim" (2005), "Quyoshni kim uyg‘otadi?" singari nasriy hamda "Xosiyatli dunyo" (1992), "Kaftimdagi qizg‘aldoq" (1993) she’riy to‘plamlarini yozgan.
Shuningdek, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, S. Yesenin, E. Yevtushenko kabi shoirlarning nasriy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Qo‘chqor Norqobil Rossiya Davlat Dumasi Jamoatchilik palatasi hamda Rossiya Xalqaro yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Muqaddas Anna" ("Svataya Anna") ordeni va boshqa ko‘plab xalqaro mukofotlarga ham sazovor bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0