Toshkentda maktab o‘quvchilari uchun ta’lim festivali bo‘lib o‘tadi

© press-slujba SFUV Tashkente proydet obrazovatelniy festival dlya shkolnikov
V Tashkente proydet obrazovatelniy festival dlya shkolnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
Obuna bo‘lish
Tadbirda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari Rossiyada o‘qish va Sibir federal universitetiga kirish haqida ma’lumot olishlari mumkin.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Toshkentda 30-noyabr kuni Sibir federal universiteti (SFU) “Russkiy dom”da ta’lim festivalini o‘tkazadi. Tadbir ikki blokdan, jumladan abituriyentlar uchun olimpiada va maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishdan iborat.
Festivalda 11-sinf bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Muvaffaqiyatli abituriyent” universitet olimpiadasi eng muhim voqealardan biri bo‘ladi.
U matematika, fizika, informatika, kimyo va biologiya fanlaridan bo‘lib o‘tadi.
Olimpiadada g‘alaba qozonganlar SFUga kirish uchun qo‘shimcha ballarga ega bo‘lishadi va universitetda bepul kurslarni olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
Bundan tashqari, festival dasturi taqdimotlar, mahorat darslari va SFU xodimlarining maslahatlarini o‘z ichiga oladi.
Tadbirlarda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tgan har bir ishtirokchi SFUdan rus tili, matematika, fizika va kimyo bo‘yicha bepul tayyorgarlik kurslariga havola oladi.
Eslatib o‘tamiz, Sibir Federal Universiteti (SFU) Rossiyaning sharqiy qismidagi eng yirik universitetdir.
U 2006-yilda to‘rtta universitetning birlashishi natijasida tashkil etilgan. 2021-yilda u “Forbes”ning bo‘lajak elita uchun eng yaxshi Rossiya universitetlari reytingida 21-o‘rinni egalladi. RAYeX ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Rossiyaning eng nufuzli universitetlari reytingida 24-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu universitet bitiruvchilari orasida taniqli rossiyalik siyosatchilar, Olimpiya chempionlari, harbiylar va akademiklar bor.
Yangiliklar lentasi
0