Bahodir Jalolov amerikalik bokschini nokautga uchratdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaUzbekskiy bokser Baxodir Djalolov
Uzbekskiy bokser Baxodir Djalolov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2022
Obuna bo‘lish
Bahodir Jalolov amerikalik raqibini Kortis Harperni nokdaun va nokaut holatlariga tushirib qo‘ydi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Professional boksning super og‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
AQShning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan jang oqshomida Jalolov amerikalik Kortis Harperga qarshi ringga ko‘tarildi.
Uchinchi raundda Jalolov faollikni qo‘lga olib, raund so‘ngida raqibini nokdaun holatiga tushirdi.
To‘rtinchi raundda o‘zbekistonlik bokschi shiddatli zarbalar berishda davom etdi. Yana bir nokdaun holatidan keyin hakam texnik nokaut qayd etib, jangni to‘xtatdi.
Shu tariqa Bahodir Jalolov professional boksdagi 12-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U g‘alabalarining bariga muddatidan avval erishgan.
Yangiliklar lentasi
0