Mixail Kishchenkov o‘zbekistonlik talabalar uchun qilichbozlik bo‘yicha mahorat darsi o‘tdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qilichbozlik bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Mixail Kishchenkov tashrif buyurdi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Mixail Kishchenkov o‘zbekistonlik talabalar uchun qilichbozlik bo‘yicha mahorat darsi o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti xabar berdi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Rossiyaning Milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va sog‘liqni saqlash universiteti murabbiyi, qilichbozlik bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Mixail Kishchenkov tashrif buyurdi.
Dastlab, universitetning boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari va qilichbozlik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda qilichbozlik sport turini yanada rivojlantirish yo‘lida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng, Kishchenkov tomonidan mazkur sport turi bo‘yicha talablar uchun mahorat darsi tashkil etildi.
© O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yangiliklar lentasi
0