“Yomoni hali oldinda”: Britaniya nashri Ukrainaga yordamning oqibatlarini bashorat qildi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza.
Flagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Britaniyaning Guardian nashri xabar berishicha, G‘arb oldida turgan muammolar sabab Ukraina AQSh va YeI qo‘llab-quvvatlovisiz qolishi mumkin
TOShKENT, 28 noya - Sputnik. G‘arb mamlakatlari Ukrainaga yetkazib berilayotgan harbiy yordamlar tufayli kelib chiqayotgan muammolarni his qilishmoqda. Bu haqda "Guardian" nashri sharhlovchisi Saymon Tisdall yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaga YeIning barcha a’zosiga muammo keltirib chiqaruvchi "katta gumanitar va migratsiya inqirozi xavf solmoqda”.
Ko‘p Yevropa mamlakatlari shaharlarida odamlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarga noroziligini bildirib namoyishlar o‘tkazishmoqda. Ukrainadagi mojaroning oqibatlari G‘arb mamlakatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatapti, va Kiyev yordamsiz qolib ketishi xavfi bor, deb yozadi jurnalist.

“Hozir esa noyabr. Hamma uchun eng yomon qish hali oldinda”, - deb ogohlantiradi Tisdall.

Jurnalistning aytishicha, Ukrainaga qurol yetkazib berish va kreditlar ajratish sur’ati allaqachon sekinlashgan. G‘arbning qurollar zaxirasi tugadi, eng zamonaviy qurollar ta’minoti “ishlab chiqarish muammolari tufayli cheklangan”.

“Tinchlik muzokaralarining yo‘qligi yoki vaziyat yaxshilanmayotgani tufayli Ukraina mojarosidan charchash loqaydlikni keltirib chiqarmoqda”, - deyiladi maqolada.

AQSh pozitsiyasi haqida mulohaza bildirar ekan, jurnalist, agar yanvar oyida respublikachilar kongressda o‘rin egallashsa, Kiyevga harbiy yordam kamayishi mumkinligini taxmin qilgan.
Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlangandan so‘ng, G‘arb Moskvaga sanksiyaviy bosimni kuchaytirdi. Natijada Yevropa va AQShda oziq-ovqat, elektr energiyasi hamda yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekani, cheklovlar esa butun dunyo iqtisodiyotiga zarba bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab insonlar hayotini yomonlashtirishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0