O‘zbekiston va Ozarbayjon telefon o‘g‘irligiga qarshi birgalikda kurashadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTelefon v ruke
Telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Ikki davlatning tegishli vazirliklari o‘rtasida mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida hamkorlikda faoliyat yuritish bo‘yicha memorandum imzolandi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonda amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Delegatsiya Boku shahridagi AzInTelecom mas’uliyati cheklangan jamiyatiga bordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Delegatsiya tarkibiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, “Axborot texnologiyalari markazi” kompaniyasi vakillari kiritildi.
AzInTelecom rahbariyati Ozarbayjonda IMEI kodlari bilan ro‘yxatdan o‘tgan mobil qurilmalarga nisbatan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirdi.
Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik imkoniyatlarini, xususan, yo‘qolgan va o‘g‘irlangan kodlarning umumiy “qora ro‘yxati”ni va tegishli ishchi guruhini yaratishni muhokama qildi.
O‘tgan yili O‘zbekiston 3 millionga yaqin mobil qurilmalar import qilgan. IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazishning joriy etilishi kontrabanda miqdorini kamaytirdi. IMEI - bu mobil qurilmaning 15 xonali seriya raqami.
Yangiliklar lentasi
0