O‘zbekistonda ilk marta chiqindidan qattiq yoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

© Ministerstva energetikiVpervie v Uzbekistane zapusheno proizvodstvo tverdogo topliva iz otxodov
Vpervie v Uzbekistane zapusheno proizvodstvo tverdogo topliva iz otxodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Pellet ishlab chiqarish loyihasi O‘zbekiston va Koreya hamkorligida ishga tushirildi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida chiqindi mahsulotlaridan qattiq yoqilg‘i (pellet) ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, uning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 ming tonnani tashkil etadi. Zavod ishga tushishi natijasida 20 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.
“Muqobil yoqilg‘i turlaridan biri hisoblangan mazkur qattiq yoqilg‘i mahsulotidan xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini isitishda foydalaniladi”, deyiladi xabarda.
Zavod Energetika vazirligi va Koreya energetika agentligining hamkorlikdagi navbatdagi loyihasi bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot respublikamizda muqobil yoqilg‘i turini rivojlantirishga va energiya resurslarini tejashga xizmat qiladi.
Pellet – turli xil don ekinlarining somoni, makkajo‘xori poyasi, deyarli barcha o‘simliklarning ildizlari va barglari, yog‘ochni qayta ishlashdan chiqqan chiqindilar hamda maishiy chiqindilardan tayyorlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Quyichotqol gidroelektr stansiyasini qurish loyihasiga start berildi. Dastlab gidroinshootni qurish uchun Chotqol darosining o‘zani to‘sildi.
Yangiliklar lentasi
0