Jamiyat

Xorazmlik ayol turmush oʻrtogʻiga bir boʻyragini berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka oʻtishDirektor nauchnogo tsentra serdechno-sosudistoy xirurgii im. A.N. Bakuleva, akademik Leo Bokeriya vo vremya operatsii.
Direktor nauchnogo tsentra serdechno-sosudistoy xirurgii im. A.N. Bakuleva, akademik Leo Bokeriya vo vremya operatsii.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xorazmda boʻyrak transplantatsiyasi boʻyicha oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotlari soni sakkiztaga yetdi.
TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialida murakkab transplantatsiya amaliyoti – buyrak koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi bajarildi. Ayol turmush oʻrtogʻiga bir buyragini berdi, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlikk koʻra, bemor Davron Rajabov Bogʻot tumanidan. U koʻp yillardan beri buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelgan. Soʻnggi paytlarda esa ahvoli yanada ogʻirlashgan. Shifoxonaga murojaat qilganida mutaxassislar unga soʻnggi chora sifatida transplantatsiya amaliyotini tavsiya etgan.
Donorlik uchun turmush oʻrtogʻi – Kamola Saʼdullayevaning tibbiy tahlil natijalari mos kelgan va u eriga bir buyragini berishga qaror qilgan.

“Operatsiya olti soatdan koʻproq vaqt davom etdi. Uni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va viloyat filiali jarrohlari oʻzaro hamkorlikda bajarishdi. Muhimi, amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozir bemorning ham, donorning ham ahvoli yaxshi. Har ikkisida tegishli standartlar asosida tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda”, - deyiladi SSV xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu buyrak transplantatsiyasi viloyatda oʻtkazilgan shu turdagi sakkizinchi amaliyotdir.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda buyrak koʻchirib oʻtkazish, jigar va oʻzak hujayra amaliyotlari kengayib bormoqda. Soʻnggi yillarda 700 dan ortiq ana shunday operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi. Xususan, bugungacha transplantatsiya amaliyotlari Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida oʻtkazilgan.
Aytish joizki, bir necha yil oldin ushbu kabi operatsiyalarni amalga oshirish uchun Oʻzbkiston fuqarolari chet el davlatlariga borishiga toʻgʻri kelar edi. 2017 yilda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tibbiyot sohasini keskin tanqid qilgan va murakkab operatsiyalar uchun fuqarolarni chet elga borishga majburlaydigan sabablarni aniqlash, imkon qadar malakali mutaxassislarni Oʻzbekistonga olib kelish, chet elga ishlaga ketgan oʻzbekistonlik shifokorlarni imkon qadar vataniga qaytarish kabi vazifalarni qoʻygan edi.
2021 yil oktyabrda Prezidentning “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2022 yil yakunigacha barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.
Undan tashqari, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Rossiya orasida tibbiy taʼlim va tajriba almashish sohasida keng qamrovli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0