Koronavirus: 12 ta hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishMasochniy rejim v Moskve
Masochniy rejim v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Koronavirus aniqlangan bemorlarning yarmidan ko‘pi Toshkent shahrida qayd etildi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Kecha, 29-noyabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni yana ortib, 141 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, infeksiyani yuqtirish holatlari mamlakatning 12 ta hududida qayd etildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Andijon viloyatida;
10 nafari Buxoro viloyatida;
5 nafari Jizzax viloyatida;
3 nafari Navoiy viloyatida;
8 nafari Namangan viloyatida;
11 nafari Samarqand viloyatida;
2 nafari Sirdaryo viloyatida;
3 nafari Surxondaryo viloyatida;
3 nafari Farg‘ona viloyatida;
1 nafari Xorazm viloyatida;
18 nafari Toshkent viloyatida;
76 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 26-noyabr kuni iyun oyidan beri mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari soni ilk bor 100 dan oshgandi. 28-noyabr kuni esa 131 ta yangi kasallanish holati qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0