O‘zbekiston va Tatariston yangi hamkorlik shartnomasini tayyorlayapti

© Press-slujba prezidenta Respubliki Tatarstan / Rustem KadirovPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov vstretilsya predstavitelyami delegatsii Surxandarinskoy oblasti vo glave s Xokimom Surxandarinskoy oblasti T.A. Bobolovim.
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov vstretilsya predstavitelyami delegatsii Surxandarinskoy oblasti vo glave s Xokimom Surxandarinskoy oblasti T.A. Bobolovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Minnixonov Tatariston O‘zbekiston Respublikasi va Surxondaryo viloyati bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixonov Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov bilan uchrashdi. Uchrashuv Qozon Kremlida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘lib turibdi. Delegatsiya Qozon shahrida bo‘lishi doirasida Tataristonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tadigan Yagona taqdimot markaziga tashrif buyuradi.
Bundan tashqari, respublika Savdo-sanoat palatasida ishbilarmon doiralar ishtirokida uchrashuvlar, Tatariston Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligida muzokaralar o‘tkaziladi. Shuningdek, yuqori texnologiyalar sohasidagi texnopark – IT-park, Qozon federal universitetiga tashrif buyurish rejalashtirilgan.
Uchrashuv chog‘ida Minnixonov Tatariston O‘zbekiston bilan do‘stona Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari doirasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini yuqori baholashini ma’lum qilgan.
“Bunda davlatlarimiz prezidentlari Vladimir Vladimirovich Putin va Shavkat Miromonovich Mirziyoyev alohida e’tirofga sazovor. Bu yil Rossiya Federatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘ldi. Ko‘p yillik samarali hamkorlikning ezgu an’analari mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorligi uchun mustahkam asos bo‘ldi. Mana shunday og‘ir damlarda davlatlarimiz o‘rtasida samarali savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sheriklik saqlanib qoldi”, dedi u.
Shuningdek, u so‘nggi paytlarda O‘zbekiston bilan hamkorlik faol rivojlanayotganini ta’kidladi.
“O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi qariyb 200 million AQSh dollarini tashkil etdi. Joriy yilning birinchi yarmida tovar ayirboshlash yaxshi o‘sdi, yana 34 foizga”, dedi Tatariston rahbari.
Minnixonovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro tovar va xizmatlarni yetkazib berish hajmi va turlarini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhim. 1993-yilda Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan. Ayni paytda yangi hujjat tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Rossiya mintaqasi va O‘zbekiston vazirliklari, Savdo-sanoat palatalari, korxonalari, tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida qator shartnomalar, memorandumlar imzolangan va amalga oshirilmoqda. Tataristonning yetakchi kompaniyalari, jumladan, “KAMAZ”, “Tatneft”, “Ximgrad” va boshqalar bilan ish olib borilmoqda.
Minnixonov O‘zbekistonda “Tatneft” kompaniyasining ko‘p yonilg‘i quyish shoxobchalari ochilayotganini, shuningdek, O‘zbekistonga KAMAZ avtomashinalari ham keltirilayotganini eslatdi. Shuningdek, bu yerda “KAMAZ” avtomarkazi (Toshkent) va “KAMAZ” yig‘ish liniyasi (Samarqand) ochildi.
Bu yil, o‘z navbatida, Tataristonning “Ximgrad” AJ va o‘zbekistonlik hamkorlarning qo‘shma loyihasi bo‘lgan “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki, shuningdek, o‘tgan yili Jizzaxda Qozon federal universitetining filiali ochildi.
Tatariston rahbari ayni paytda respublika oliy o‘quv yurtlarida 3335 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotganini ham ta’kidladi.
Minnixonov mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish haqida gapirar ekan, Tatariston O‘zbekiston Respublikasi va Surxondaryo viloyati bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0