O‘zbekistonlik yoshlar MDH xalqaro yoshlar parlament maktabida ishtirok etishmoqda

© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov SNGShtab-kvartire Mejparlamentskoy Assamblei SNG otkrilas vtoraya mejdunarodnaya molodejnaya parlamentskaya shkola
Shtab-kvartire  Mejparlamentskoy Assamblei SNG otkrilas vtoraya mejdunarodnaya molodejnaya parlamentskaya shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi qarorgohida ikkinchi xalqaro yoshlar parlament maktabi ish boshladi. Unda O‘zbekiston Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikistondan kelgan yoshlar ishtirok etishmoqda.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiParlamentlararo Assambleyasi qarorgohida ikkinchi xalqaro yoshlar parlament maktabi ish boshladi.
Uning tinglovchilari Hamdo‘stlik mamlakatlari talabalari – “Dunyo mamlakatlari saylov tizimlari” III Xalqaro talabalar internet olimpiadasi ishtirokchilari hisoblanadi.
© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov SNGShtab-kvartire Mejparlamentskoy Assamblei SNG otkrilas vtoraya mejdunarodnaya molodejnaya parlamentskaya shkola
Shtab-kvartire  Mejparlamentskoy Assamblei SNG otkrilas vtoraya mejdunarodnaya molodejnaya parlamentskaya shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Shtab-kvartire Mejparlamentskoy Assamblei SNG otkrilas vtoraya mejdunarodnaya molodejnaya parlamentskaya shkola
Maktabning ochilishida so‘zga chiqqan MDH PA Demokratiyani rivojlantirish xalqaro instituti direktori Ivan Mushket takidlashicha, bu yil olimpiada MDH, Gruziya, Kanada, Ispaniya va Kongoning 149ta oliy o‘quv yurtidan 1465 nafar talabani qamrab oldi.
Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan olimpiada ishtirokchilari Xalqaro yoshlar parlament maktabi o‘quvchilaridir.
© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov SNGShtab-kvartire Mejparlamentskoy Assamblei SNG otkrilas vtoraya mejdunarodnaya molodejnaya parlamentskaya shkola
Shtab-kvartire  Mejparlamentskoy Assamblei SNG otkrilas vtoraya mejdunarodnaya molodejnaya parlamentskaya shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Shtab-kvartire Mejparlamentskoy Assamblei SNG otkrilas vtoraya mejdunarodnaya molodejnaya parlamentskaya shkola
Maktab dasturi to‘rt kunga mo‘ljallangan:
30 noyabr parlament maktabi ishtirokchilari “Raqamlashtirish va siyosiy jarayon: imkoniyatlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ishtirok etishadi.
1 dekabr kuni esa talabalar “Yevrosiyo iqtisodiy istiqboli” X Xalqaro forumining tinglovchilariga aylanishadi.
2 dekabr kuni maktab ishtirokchilari “MDH a’zolari – Davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining 30-yilligi: tarix va zamonaviylik” mavzusidagi davra suhbatida qatnashish imkoniga ega bo‘lishadi.
Maktab dasturidan, shuningdek, Taurida saroyi, Sankt-Peterburg davlat universiteti va Rossiya davlat universitetida o‘tkaziladigan ma’ruzalar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar ham o‘rin olgan.
Hamdo‘stlik mamlakatlarida demokratik saylovlarni o‘tkazish standartlari, saylovlar va referendumlarni xalqaro kuzatish, raqamlashtirish davridagi xalqaro siyosat, MDHda xalqaro parlament hamkorligi va boshqalar muhokama qilinadigan asosiy mavzular bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0