Qazilmalarni noqonuniy qazish oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash tartibi belgilandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishMednaya ruda na meste stroitelstva gorno-metallurgicheskogo kombinata na Udokanskom mestorojdenii v Zabaykalskom krae.
Mednaya ruda na meste stroitelstva gorno-metallurgicheskogo kombinata na Udokanskom mestorojdenii v Zabaykalskom krae.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra qazilmalarni noqonuniy qazib olishdan yetkazilgan zarar ixtiyoriy to‘lanmasa, zarar miqdorini sud belgilaydi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23-noyabrdagi qarori bilan Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Nizomga bilan noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda:
tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni aniqlash tartibi;
keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararni hisoblash usullari;
ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash usullari;
tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni qoplash va undirish tartibi belgilanmoqda.
Nizomda aks ettirilgan formulalar asosida hisoblanadigan zarar miqdori huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy to‘lanishi mumkin. Agarda huquqbuzar o‘z aybini tan olmasdan, zararni ixtiyoriy qoplashdan bosh tortsa, zarar miqdori sud tomonidan belgilanadi.
Nizom talablari strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida noqonuniy qazib olishda hamda texnogen mineral hosilalaridan foydalanishda yetkazilgan zararni hisoblashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Noruda materiallarini noqonuniy qazib olishga quyidagilar kiradi:
noruda materiallar mavjud yer qa’ri uchastkasidan ruxsatnomasiz foydalanish;
noruda materiallari uchun berilgan kon ajratmasidan va ajratilgan yer uchastkalari doirasidan chetga chiqish.
Yangiliklar lentasi
0