Qoraqalpog‘istonda ishsiz yoshlarga quyonchilik uchun subsidiya berish boshlanadi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishKroliki
Kroliki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Yoshlarga subsidiya berish orqali hududda ishsizlik darajasini qisqartirish reja qilingan.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda ishsiz yoshlarga quyonchilik bilan shug‘ullanishi uchun subsidiya ajratishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida aytib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan Qoraqalpog‘istonda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida uy sharoitida quyonchilik faoliyatini tashkil etish maqsadida quyon, maxsus qafas va ozuqa (yem) sotib olish uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.
Yangi qonun loyihasida subsidiya berish tartibini takomillashtirish orqali Qoraqalpog‘istonda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga uy sharoitida quyonchilikni tashkil etish uchun:
quyon sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha;
maxsus qafas sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha;
maxsus ozuqa (yem) sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha subsidiya ajratish belgilanmoqda.
Shu orqali ularni o‘zini o‘zi band qilish, shuningdek, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishlarini kafolatlar, natijada esa hududda ishsiz yoshlar sonini kamaytirish reja qilingan.
Ta’kidlanishicha, loyihaning qabul qilinishi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish zaruriyatini keltirib chiqarmaydi hamda Davlat budjetidan qo‘shimcha moliyaviy xarajatlar talab qilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0