Reshetnikov va Minnixanov Samarqand biznes forumiga tashrif buyuradi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRustam Minnixanov (sleva) i ministr ekonomicheskogo razvitiya RF Maksim Reshetnikov
Rustam Minnixanov (sleva) i ministr ekonomicheskogo razvitiya RF Maksim Reshetnikov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Forumda Rossiyaning yirik idora va korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etadi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Samarqanddagi Rossiya-O‘zbekiston biznes forumiga tashrif buyuradi. Undan tashqari forumda Tatariston rahbari Rustam Minnixanov, “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev ham ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar yirik qo‘shma sarmoyaviy loyihalar, Rossiya va O‘zbekiston korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik, O‘zbekiston transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalarida Rossiya kompaniyalarining ishtiroki va boshqa dolzarb mavzularni muhokama qiladi.
Forumda Rossiyaning yirik idora va korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etadi.
Ular orasida “Rossiya eksport markazi” bosh direktori Veronika Nikishina, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev, VEB.RF raisi Igor Shuvalov, Rossiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Sergey Katirin, shuningdek, “Lukoyl” , AvtoVAZ, “RJD Logistika”, “Tatneft”, “Rosgeo” va boshqalar vakillari bor.
Biznes forum yakunida ishtirokchilar ikki tomonlama hujjatlar paketini imzolaydi.
Yangiliklar lentasi
0