Rossiya davlat mudofaa buyurtmalari budjetini 1,5 baravarga oshirmoqchi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKolonna voyennoy texniki dvigayetsya po Tverskoy ulitse v Moskve k mestu provedeniya nochnoy repetitsii voyennogo parada Pobedi v Moskve
Kolonna voyennoy texniki dvigayetsya po Tverskoy ulitse v Moskve k mestu provedeniya nochnoy repetitsii voyennogo parada Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Doimiy shay holatdagi bo‘linmalar 2023-yilda 97 foiz qurol-yarog‘ bilan ta’minlanadi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. 2023-yilda Rossiya Qurolli kuchlarining doimiy shay holatdagi bo‘linmalari 97 foiz qurol bilan ta’minlanishi kerak, buning uchun kelgusi yil uchun davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirish 1,5 baravarga oshiriladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu harbiy kafedra kollegiyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

“Kelgusi yilda qo‘shimcha ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobga olinsa, davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirish hajmi qariyb 1,5 baravarga oshadi. Bu doimiy shay holatdagi qo‘shinlar va harbiy qismlarni qurol-yarog‘ va texnika bilan 97 foiz darajada ta’minlash imkonini beradi”, - deydi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ishlab chiqarishning mavjud maksimal hajmini saqlab qolish, qo‘shinlarga ilg‘or yetkazib berishni tashkil etish muhim.
Yangiliklar lentasi
0