Talabalar uchun yagona elektron kutubxona yaratildi

© Xalq ta’limi vazirligi Raqamli kutubxona
Raqamli kutubxona  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Respublikaning barcha OTMlaridagi adabiyotlar yagona elektron kutubxonaga joylashtirildi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Talabalar uchun 150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona elektron kutubxona yaratildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, unilibrary.uz platformasi orqali talabalar respublikaning barcha davlat oliy ta’lim muassasalari kutubxonalaridagi o‘quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.
Platformada quyidagi elektron resurslar jamlangan:
o‘quv adabiyotlar;
ilmiy maqolalar;
monografiyalar;
dissertatsiyalar;
avtoreferatlar.
Shuningdek, hozirda oliy ta’lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0