Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

© AP Photo / Frank Franklin IIBokser Baxodir Djalolov viigral chetvertfinal u indusa Satisha Kumara.
Bokser Baxodir Djalolov viigral chetvertfinal u indusa Satisha Kumara. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Abu-Dabida Jalolov Bahrayn sharafini himoya qiluvchi, kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan Danis Latipovga qarshi ringga ko‘tariladi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Professional boksning super og‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 11-dekabr kuni o‘tkazadi.
Jang Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida “Global boks forumi” doirasida tashkil etiladi.
Jalolov Bahrayn sharafini himoya qiluvchi, kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan Danis Latipovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bokschilar 2020-yilning mart oyida Ammonda o‘tkazilgan litsenzion turnirda o‘zaro to‘qnash kelishgan va o‘shanda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar evaziga g‘olib chiqqandi.
Ushbu jang yangi tashkil etilgan IBA Pro boks seriyasi doirasida o‘tkaziladi. Boks seriyasida JCh va Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari ham ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Mazkur jang formati 5 raundlik hisoblanadi. 2023-yildan boshlab janglar 7 raundlik formatga o‘tkazilishi mumkin. Janglarni besh hakam baholaydi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 27-noyabr AQShning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan jang oqshomida amerikalik Kortis Harperni nokautga uchratgan edi.
Yangiliklar lentasi
0