Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 30-noyabrning muhim xabarlari

© Sputnik / Aleksandr Melnikov / Mediabankka o‘tishPodgotovka mobilizovannix dlya otpravki v zonu spetsoperatsii
Podgotovka mobilizovannix dlya otpravki v zonu spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Noyabrning so‘nggi kunida Ukraina qo‘shinlarining sezilarli faollashuvi kuzatildi, lekin ular egallagan pozitsiyalaridan oldinga siljiy olmadilar. Rossiya kuchlari zarbalari samaradorligi ortib bormoqda.
TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus operatsiyaning eng muhim xabarlari.
YeK rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina Qurolli kuchlari 100 ming askar yo‘qotganini ma’lum qildi. Shuningdek YeK raisi maxsus operatsiya doirasida Rossiya tomonidan Ukrainaga yetkazilgan zarar 600 milliard yevroni tashkil qilishini ta’kidladi.
Rossiya TIV maxsus vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, NATO tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi natijalari alyans Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilishdan manfaatdor emasligini ko‘rsatmoqda.
Zaporojye AESning yangi direktori etib Ukraina Energoatom kompaniyasining sobiq bosh muhandisi, ZAESda ishlagan Yuriy Chernichuk tayinlandi;

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Sergey Shoygu: 2 oy davomida qisman safarbarlikka chaqirilgan 300 mingdan ortiq zahiradagi askar va ko‘ngillilar tayyorlandi, ular Rossiya va Belarusdagi 100 dan ortiq poligonlarda o‘qitildi, 3 ming nafar instruktor jalb qilindi;
Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Belogorovka va Pershe Travnya aholi punktlarini to‘liq ozod qilishdi, 50 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, 4ta zirhli jangovar mashina, 3ta o‘ziyurar artilleriya to‘pi va oltita mashina yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida dushman mexanizatsiyalashgan va tank vzvodi yordamida LXRning Novoselovskoe aholi punkti hududiga hujum qilishga urindi. Javob o‘ti bilan Ukraina QK dastlabki holatiga qaytarildi. Bunda 50 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi, 10ta tank, bitta BMP, 2ta zirhli transportor, o‘ziyurar artilleriya moslamasi va bir avtomobil yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida UQKning tanklar bilan mustahkamlangan 3ta rota-taktik guruhi LXRning Ploshanka, Chervonopopovka va Jitlovka aholi punktlari yo‘nalishida hujum qilishga urinishdi. Artilleriya va aviatsiya zarbalari hamda quruqlikdagi qo‘shinlarining hal qiluvchi harakatlari bilan dushman mag‘lub etildi. Dushman yo‘qotishlari 40 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, 4ta BMP, va bitta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida bir sutka davomida uchta rota-taktik guruhi qo‘shinlari Novomixaylovka, Novodonetskoe va Novosolka aholi punktlari hududlarida rus qo‘shinlarining pozitsiyalariga qarshi hujumga o‘tishga harakat qilishdi. Javob zarbasi bilan dushman asl holatiga qaytarildi. 50 dan ortiq ukrainalik harbiylar, ikkita BMP, ikkita BTR, bitta MTLB va to‘rtta boshqa turdagi texnika yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya kuchlari o‘tgan sutka davomida UQKning 157ta nuqtada joylashgan 97 ta artilleriya bo‘linmaga zarba berdi.
Dnepropetrovsk shahri hududida HIMARS, MLRS, “Uragan” raketa tizimlarining snaradlari va kamkadze-dronlar saqlanayotgan “Xortitsa” omboriga zarba berildi.
DXRning Minkovka va Chasov Yar aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AN/TPQ-37 batareyaga qarshi kurash radar stansiyalari yo‘q qilindi.
DXRning Toresk qishlog‘ida Ukraina Qurolli kuchlari 1-brigadasining qo‘mondonlik punkti va aloqa punkti yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Jovtneve posolkasi hududida AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizim o‘t ochayotgan vaqtida yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyati Primorskoe aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 60-piyoda brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Artemovsk aholi punkti hududida Ukraina havo kuchlarining Su-25 samolyoti urib tushirildi.
DXRning Stepnoe, Yegorovka, Vladimirovka, Krasnaya Polyana, LXRning Golikovo, Jitlovka, Zaporoje viloyatining Priyutnoe va Sladkaya Balka aholi punktlari hududlarida ham sakkizta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
LXRning Mostki, Zaporoje viloyatining Melitopol, Amvrosiyevka, DXRning Debalsovo aholi punktlari hududlarida HIMARS raketa tizimining sakkizta raketasi, shuningdek, DXRning Pokrovka aholi punkti hududida "Olxa" raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina Qurolli kuchlari jami 334 ta samolyot, 177 ta vertolot, 2589 ta uchuvchisiz uchish apparati, 391 ta zenit-raketa majmuasi, 6903 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 904 ta ko‘p raketali tizimlar, 3634 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7424 dona maxsus harbiy mashinalardan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0