O‘zbekistonda OIV bilan kasallanganlar soni ma’lum qilindi

© Depositphotos.com / Utah778Probirka s krovyu dlya testa na VICh
Probirka s krovyu dlya testa na VICh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili ro‘yxatga olingan odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanganlarning 74,3 foiziga kasallik jinsiy aloqa yo‘li orqali yuqqanligi gumon qilingan.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. 2022 yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) bilan kasallanganlar soni 45 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Respublika orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga (OITS) qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normuratova ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili ro‘yxatga olingan bemorlarning 74,3 foiziga kasallik jinsiy aloqa yo‘li orqali yuqqanligi gumon qilingan.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, OIVni yuqtirib olgan shaxslarning aksariyat qismi maxsus antiretrovirus davolash bilan qamrab olingan.
“Shunday muolajalarni olayotgan shaxslarning 74 foizida virus yuklamasi bir necha marta kamaygan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kasallikka qarshi kurashni qancha keng ko‘lamda va erta olib borsak, shuncha samarali natijaga erishishimiz mumkin”, - dedi Normuratova.
Mamlakatda OIV bilan kasallangan bemorlarning 79 foizi antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi Davlat budjeti mablag‘lari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.
Umuman, hozirgi kunda mamlakatda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyasi faoliyat olib borapti. Ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari bo‘lsa, 63 tasi tumanlararo laboratoriyalardir.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda OIVdan aziyat chekayotgan 40 millionga yaqin bemor bor. Ular soni yiliga o‘rtacha 1,5 million nafarga ko‘paymoqda. Eng yomoni, xastalik har yili 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin bo‘lyapti.
Umuman, Yer yuzida OITS epidemiyasi boshlangandan buyon 75 million odam ushbu dardga chalinib, 32 million nafardan ortig‘i vafot etgan. Tahlillarga ko‘ra, infeksiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-49 yoshli kishilar o‘rtasida uchramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvaloroq O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan boshlab maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0