O‘zbekistonlik yoshlar MDH olimlari forumida ishtirok etishlari mumkin

© O‘zbekiston fanlar akademiyasi"Nauka bez granis" xalqaro forumi
Nauka bez granis xalqaro forumi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
MDH yosh olimlar forumi mamlakatlar o‘rtasida qo‘shma ilmiy loyihalarni ilgari surish va amalga oshirish hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Moskvada 18 – 21-dekabr kunlari Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi yosh olimlari forumi bo‘lib o‘tadi. Unda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan MDHga a’zo mamlakatlardagi yosh olimlar, aspirantlar va talabalar ishtirok etishi mumkin, deya xabar bermoqda Toshkentdagi “Russkiy dom”.
MDH yosh olimlar forumini o‘tkazishdan maqsad mamlakatlar o‘rtasida qo‘shma ilmiy loyihalarni ilgari surish va amalga oshirish hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirishdan iborat.
Forum doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Ekspertlar bilan uchrashuvlar;
“Ilmiy loyiha: g‘oyadan amaliyotga qadar” seminar sessiya;
“Hamdo‘stlik mamlakatlarida yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash amaliyoti” muhokama maydoni;
Yosh olimlarning hamkorligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ilmiy va ta’lim maskanlariga tashrif buyurish va boshqalar.
Forumda ishtirok etish uchun 10-dekabrga qadar ariza to‘ldirish kerak.
Yosh olimlarning tadbirda ishtirok etishi tashkilotchilar hisobidan amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Fanlar akademiyasining 300-yilligi doirasida Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida MDH davlatlari yosh olimlarining "Nauka bez granis" xalqaro forumi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh yosh olimlari jumladan, Xorazm Ma’mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo‘limi stajor-tadqiqotchisi F.Nurjonov o‘z ma’ruzasi bilan qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0