Toshkent Issiqlik elektr markazining samaradorligi oshmoqda - foto

© SputnikTashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
TIEM ilg‘or xorijiy energiya tejamkor texnologiyalar asosida yangilanmoqda. Buning natijasida energiya samaradorligi yildan yilga oshib boradi.
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan Toshkent issiqlik elektr markazining energiya samaradorligi oshmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
© SputnikTashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Xususan yil davomida korxonada umumiy sig‘imi 3400 litr bo‘lgan jami 17 dona quyosh suv isitish qurilmalari, quvvati 25 kVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi shuningdek 160 dona quyosh panelli yoritish chiroqlari, 70 dona sensorli harakat datchiklari hamda elektrodvigatellarni optimal yuklamalarda ishlashini ta’minlash uchun 2 dona chastota o‘zgartirgich qurilmalari o‘rnatilgan.
Ushbu qurilmalar kelgusida korxonada elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini tejashga xizmat qiladi.
© SputnikTashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
“Ushbu quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 45 ming kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada yiliga 4,7 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
2023 yil birinchi choragiga qadar quyosh panellarining o‘rnatilgan quvvati bosqichma-bosqich 505,6 kVt soatga yetkaziladi. Ushbu quyosh foto elektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida Toshkent IEMning o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini 20-30 foizga qisqartirishga erishiladi va yiliga o‘rtacha 900 ming.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib 96 ming.kub metr tabiiy gaz iqtisodiga erishiladi”, - deyiladi xabarda.
© SputnikTashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Ma’lumot uchun, Toshkent IEMning ilk binosi tekstil kombinati tarkibida 1939-yilda qurilgan. Hozirda alohida stansiya sifatida ishlamoqda. Stansiya Toshkentning 7 tumanini issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydi. Bu umumiy hisobda qamrovni 30-40 % ini tashkil etadi.
© SputnikTashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Toshkent IEMqurilmalarini yangilashda, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa chet davlatlar bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Rossiyadan MKT-1 telesignalizatsiya, generatorlar, transformatorlar, izolyatsiya jihozlari va turli texnikalar olib kelingan.
“Issiqlik energiyasini yetkazib berishda Rossiya, Xitoy, Turkiya tajribasidan foydalanamiz. Bunda issiqlik manbayini tejash, samaradorligini oshirish bo‘yicha texnologiyalar orqali ijobiy natijalarga erishamiz”, - dedi bosh direktor Rustam Shamsiyev.
© SputnikTashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Tashkentskaya TES povishayet energoeffektvnost
Yangiliklar lentasi
0