Ukrainaning havo mudofaasi: AQSh va NATOning qurolli sabotaji

© NATO / Ian HouldingVoyennoslujashie vo vremya sovmestnix ucheniy NATO Steadfast Jazz na poligone v Polshe.
Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix ucheniy NATO Steadfast Jazz na poligone v Polshe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Berlin, Varshava, Vashington va boshqa “ittifoqdoshlar” NATOni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga jalb qilishdan ko‘rqib, turli bahonalar bilan Ukrainaga samarali qurollarni yetkazib berishdan bosh tortishmoqda.
Pentagon va NATOning Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaasini mustahkamlash masadlarini haqiqatlarga mos kelmaydi - Ukraina Qurolli Kuchlari tizimli ravishda G‘arbdan qurolli “metallolom” yoki alohida tajriba uchun samarasiz zenit raketa komplekslarini olishda davom etmoqda.
Chunki AQSh va yevropalik ittifoqdoshlar boshqalarning qo‘llari bilan o‘zaro “o‘z maqsadlari”ni amalga oshirishga harakat qilishmoqda. Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaasi faqat sahnalashtirish bo‘lib qoladi va Kiyev rejimining yangi “afsona”lari shakllanishiga yordam beradi.
29 noyabr kuni Pentagonning yuqori martabali mulozimi Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini mustahkamlash Amerika va Yevropa ittifoqchilari uchun “mutlaq ustuvor vazifa” bo‘lib qolayotganini aytgan edi, - deyiladi AQSh Mudofaa vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda. Vashington Kiyev rejimiga NATO ning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimida eng yaxshisi sifatida ko‘rsatadigan Patriot zenit raketa komplekslarini yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Lekin baribir texnologik jihatdan eskirgan Avenger, Crotale zenit raketa tizimlari, 275 ta zenit qurollari va pulemotlarining ko‘p miqdorda yetkazilishini AQSh mudofaa vazirligi tasdiqlayotgani yo‘q. O‘tgan asr yarmidan qolgan NATO texnikalari Rossiyaning yangi ballistik va qanotli raketlari bilan qarama-qarshilikda kuchsiz. IRIS-T va NASAMS tipidagi bir qancha zenit raketa komplekslari Ukraina harbiy harakatlar teatrida hech nimani o‘zgartirmaydi. Harbiy to‘qnashuvlar liniyasining alohida maydonlarida Ukraina Qurolli Kuchlari zonaviy havo hujumiga qarshi mudofaani sovet daridagi “Buk”lar va Fransiyaning “Krollari” birlashuvidan foydalanib yaratishni uddalashmoqda.
Kiyev rejimining qurollarga ishtahasi ochilib borayotgan bir paytda kollektiv G‘arb yuqori texnologiyali, yadroviy Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaroni keltirib chiqarishni istamaydi. Shu sababli “so‘nggi ukrain askari qolguniga qadar davom etadigan” proksi-urushda Pentagon va NATO qurolli sabotajni zamonaviy komplekslarni saqlashning murakkabligi va Ukraina Qurolli Kuchlarining hisob-kitoblarni tayyorlash muddatlarining uzoqligi bilan oqlashmoqda, mas’uliyatli “ta’minot”ning "koordinatsiyasi va konsultatsiyasi" bilan shug‘ullanishmoqda.
Masalan, NATO havo maydonining sharqiy chegaralarini himoya qilish uchun Germaniya Polshaga (vaqtinchalik foydalanish uchun) o‘zining uzoqligi 100 kmgacha bo‘lgan Patriot komplekslarini taklif qildi. Varshava esa nemis zenit raketa komplekslarining Polsha hududida Ukraina osmonidagi Rossiya nishonlariga ishlab qolishidan hadiksiramoqda va shu sababli Berlinga “Patriot”larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kiyevga jo‘natishni tavsiya qilyapti. Bunday bitimga Germaniya kansleri Olaf Shols tayyor emas, va u Ukrainaga 1973-yil namunasidagi Gepard “zenit tank”laridan ko‘p yetkazib berishni va’da qilyapti. Ma’lumki, Gepard o‘ziyurar zenit qurollari (ZSU) 35 mm Oerlikon avtomatlari bilan (Leopard tankining shassisida) Bundesver qurollar safidan 10-yil oldin chiqarilgan va shu vaqtgacha omborlarda chang bosib yotgan qurol. Kiyevga ko‘plab Gepard ZSU yetkazib berilishi mutlaqo foydasiz - chunki harbiy xarakteristikasiga ko‘ra bu hatto Stinger zenit raketa komplekslari ham emas. Qurolning eskiligi va nishonning 5 kmgacha (4 km uzoqlikda)nishonga tegish masofasi - Gepardlarning Ukrainnada tezda utilizatsiyaga chiqishini ta’minlaydi.

“Kichik ukalar” uchun nayza va qalqon

AQSh 24-fevraldan keyin Ukrainaga 19 milliard dollar summasidagi yordam ajratdi, biroq to‘qqizta nollik arqamlar g‘alabani kafolatlab bermaydi. Shimoliy Amerikada va Yevropada Kiyev rejimini harbiy tomondan qo‘llab-quvvatlash qanchalar xavfli ekanligini yaxshi bilishadi. Berlin, Varshava, Vashington va boshqa “ittifoqdoshlar” NATOni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga jalb qilishdan ko‘rqib, turli bahonalar bilan Ukrainaga samarali qurollarni yetkazib berishdan bosh tortishmoqda. Mudofaaviy komplekslar bilan ham paradoksal vaziyat kuzatilmoqda.
Germaniyaning NATO havo maydonini himoya qilish uchun Polsha chegaralarida Patriot zenit raketa komplekslarini joylashtirishni Varshava boshida qabul qilgan, biroq bugungi kunda hukumatdagi amaldorlar, jumladan, mamlakat prezidenti Andjey Duda ham “qo‘shnilarning urushlari tufayli mamlakat xavfsizligi” uchun qurbonlik qilishga rozi bo‘lishmadi. Polsha hukumati Germaniyaning Patriot zenit raketa komplekslarini joylashtirishdek “ezgu niyatdagi” taklifiga rad javobini berdi. Va bu to‘g‘ri qaror, Rossiyaga qarshi siyosat uchun qasos - allaqachon yo‘lga chiqqan.
Polshaning nemis “Patriot”larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri UQKga yo‘naltirish taklifini Ukraina qo‘mondonchiligi to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Varshava hayojon bilan AQSh fikrini 29-30 noyabr kunlari Ruminiyada bo‘lib o‘tadigan NATO tashqi ishlar vazirliklari yig‘ilishida kutgan edi. Biroq, Germaniya o‘z zenit komplekslarini alyansning integratsiyalashgan havo hujumiga qarshi tizimining bir qismi deb hisoblaydi, bu tizim NATO davlatlaridan tashqarida ishlay olmaydi. Ushbu “Shekspircha” sujet Kiyev rejimiga hech qanday yaxshilik alomatini bildirmaydi, ya’ni istiqbolda- faqat F-16 samolyotlarini yetkazish to‘g‘risida uzoq davom etadigan mulohazalar va UQK ning NATO pulomoti o‘rnatilgan “jihod mobilar”iga ega bo‘lishi istoqbolini anglatadi xolos.
G‘arb 106,7 million yevro budjet bilan 15 ming Ukraina askarini (ikki yil ichida) tayyorlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi missiyasini yaratish bilan achchiq tabletkani shirin qildi. Biroq, Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘qotishlari bilan taqqoslaganda, bunday yordam natijasi juda noaniq ko‘rinadi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari to‘qqiz oy ichida 100 mingdan ortiq odamni yo‘qotgan. Qo‘shma Shtatlar manfaatlari uchun halok bo‘lgan ukrainalik askarlarning soni 150-200 mingga yetib, energiya tizimi amalda vayron bo‘lganda, armiya va jamiyat to‘liq yo‘qotish va qiyinchiliklarni his qiladi.
“Arestovich ertaklari” va “qoidalarga asoslangan” xalqaro tartib haqidagi Amerika demagogiyasi Kiyev rejimiga mag‘lubiyatdan qochishga yordam bermaydi.
Amerikaning Foreign Policy jurnali shunday yozadi: “Hech qanday buyuk derjava o‘z chegaralariga qudratli harbiy alyansning kirib kelishiga qarab turmagan bo‘lar edi”. Ukrainadagi harbiy harakatlar yillab davom etishi mumkin va Kiyevning (G‘arbning) g‘alaba qozonish ehtimoli juda kam. AQShning tashqi siyosat bo‘yicha mulozimlari o‘z xatolarini tan olishni yoqtirmaydi, va baribir Oq uy ma’muriyati yadroviy eskalatsiya xavfini his qilmoqda. Rossiya bilan urush boshlamoqchi ham emas, ya’ni strategik boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Vashington va Brussel uchun Ukrainadagi urushni “muvaffaqiyat” sifatida ko‘rsatishi qiyin. Yevropa Ittifoqiga iqtisodiy (energetikaga oid) muammolar va ukrain qochqinlari “bosim o‘tkazmoqda”. NATO bosh qotibi Yens Stoltenberg seshanba kuni Kiyev uchun alyans eshiklari ochiq, “biz ortga chekinmaymiz” degani va chorshanba kuni Ukrainaga a’zolik haqida emas, balki davlatchilikni saqlab qolish haqida o‘ylashni tavsiya qilgani- bejiz emas.
Yangiliklar lentasi
0