Abdulla Aripov rossiyalik ishbilarmonlarni mavjud zaxiralardan faolroq foydalanishga chaqirdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tish28 oktabrya 2022. Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov na zasedanii v uzkom sostave Soveta glav pravitelstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) v Astane.
28 oktabrya 2022. Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov na zasedanii v uzkom sostave Soveta glav pravitelstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) v Astane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumida nutq so‘zladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya bilan uzoq muddatli an’anaviy do‘stlik va hamkorlik rishtalari bilan bog‘langan. Bu haqida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumida aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajada. Bunga, birinchi navbatda, prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasidagi ochiq, samimiy va ishonchli munosabatlar tufayli erishildi”, deydi O‘zbekiston hukumati rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, forumda ishtirok etayotgan Rossiyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari vakillari mavjud qiyinchilik va cheklovlarga qaramay, O‘zbekistonda muhim sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, mamlakatlar ushbu ko‘rsatkichlarning yanada oshishiga umid qilishlari mumkin.
Aripovning ta’kidlashicha, sanoat kooperatsiyasi, agrosanoat, oziq-ovqat, to‘qimachilik, elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarda katta imkoniyatlar mavjud.
Abdulla Aripov rossiyalik ishbilarmonlarni “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni sifatli kontent bilan to‘ldirish uchun” mavjud zaxiralardan faolroq foydalanishga chaqirdi.

"Biz Rossiya ishbilarmon doiralari bilan konstruktiv va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirmoqchimiz", deydi Abdulla Aripov.

Ma’lumot uchun, so‘nggi 4-yil ichida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobarga o‘sdi. Joriy yilning 10 oyida o‘sish 30 foizni qayd etdi. Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi 13 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0