“Men eshitishni xohlayman!” - loyihasi doirasida 300ga yaqin eshitish apparati tarqatildi

© Ministerstvo Doshkolnogo obrazovaniyaBlagotvoritelnaya aksiya "Ya xochu slushat"
Blagotvoritelnaya aksiya Ya xochu slushat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar, ushbu apparatlar yordamida sog‘lom tengdoshlari qatorida bog‘chaga borishlari, mashg‘ulotlarda erkin qatnashishi va musiqiy notalarni ajrata olishlari mumkin.
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. “Men eshitishni xohlayman!” xayriya loyihasi doirasida eshitishda nuqsoni bor bolalarga 300ga yaqin simsiz eshitish apparatlari tarqatildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu xayriya loyihasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan amalga oshirilmoqda.
© Ministerstvo Doshkolnogo obrazovaniyaBlagotvoritelnaya aksiya "Ya xochu slushat"
Blagotvoritelnaya aksiya Ya xochu slushat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Blagotvoritelnaya aksiya "Ya xochu slushat"
Eshitish - bu bolada shakllanadigan birinchi tuyg‘u. Bu sezgi orqali bola ovozlarni tanib olishni, tovushlarga taqlid qilishni va shu asnoda ravon gapirishni o‘rganadi. Eshitish bolaga xavfli signallarni tinglash, navigatsiya qilish, boshqa bolalar bilan muloqot qilish va muloqot qobiliyatlarini egallash imkonini beradi.
“Eshitishda nuqsoni bor bolalar tovush zavqini tuyolmaydilar, musiqa tinglash, ohanglar orqali dunyoni his etish va o‘z tuyg‘ularini bayon qilolmaydilar. Biz tarqatayotgan eshitish apparatlari ularga ana shunday quvonchni tuhfa etadi va bu bolalar atrof-muhitga sog‘lom odamlardek moslashib borishadi”, dedi Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva.
Imkoniyati cheklangan bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularning qalbi kemtigi va kamchiliklarini his qilmay sog‘lom insonlardek yashashlari uchun ko‘plab xayriya ishlari amalga oshirilmoqda.
© Ministerstvo Doshkolnogo obrazovaniyaBlagotvoritelnaya aksiya "Ya xochu slushat"
Blagotvoritelnaya aksiya Ya xochu slushat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Blagotvoritelnaya aksiya "Ya xochu slushat"
“Hozirga kelib bu yilgi hisobda Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Samarqand, Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan jami 115 nafar eshitishda nuqsoni bor bolaga 228 ta yangi simsiz eshitish apparatlarini tarqatdik”, dedi mutaxassis.
“Simsiz apparatlardan foydalanganda bolaning mavjud eshitish qobiliyati saqlanib qoladi. Odatda, eshitish darajasining chastotalariga qarab apparat ko‘rsatkichi belgilanadi. Bola 2 oydan 3-yilgacha mutaxassis nazoratida bo‘ladi”, dedi loyiha ijrochisi Yelena Lavrova.
Xayriya dasturi doirasida bolalarga sovg‘a qilinayotgan apparatlar ReSound ENZO Q seriyali eshitish asboblari yangi platformada yaratilgan bo‘lib, ular yuqori sifatli ovoz texnologiyasi bilan ishlaydi. Apparatlar telefon va boshqa audio qurilmalarga simsiz ulanishi mumkin. Har bir apparat Shveysariyadan keltiriladi, uning bir donasi 3000 dollar turadi.
Mazkur apparatlarni taqqan holda bolalar boshqa sog‘lom tengdoshlari qatorida maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarga erkin qatnashadi va musiqiy notalarni ham bemalol eshitishadi.
© Ministerstvo Doshkolnogo obrazovaniyaBlagotvoritelnaya aksiya "Ya xochu slushat"
Blagotvoritelnaya aksiya Ya xochu slushat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Blagotvoritelnaya aksiya "Ya xochu slushat"
“Reja bo‘yicha mazkur xayriya loyihasi muntazam davom etadi. Eshitishda nuqsoni bolalarni davolashda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Zamin” fondi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2022-yil uchun rejalashtirilgan 45 ta operatsiya o‘tkazildi. Kar-soqov bolalarning salomatligini tiklash va yo‘lga qo‘yishda zaruriy muolajalar belgilandi”, dedi Asqarxo‘jayeva.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda davlat ko‘magida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bepul “koxlear implantatsiya” operatsiyasi amalga oshiriladi. Bunda operatsiya yordamiga eshitish nerviga implant ulanadi.
“Davlat dasturiga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan aql-zakovati buzilmagan bolalarga koxler implantatsiyasi bepul amalga oshiriladi. Bu yanada samarali usul(eshitish apparatiga ko‘ra). Eshitish qobiliyatini yo‘qotish darajasi va tezligi audiometriya yordamida muntazam ravishda bashorat qilinadi. Hammasi tashxisga, irsiyatga bog‘liq”, - deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili Yelena Lavrova.
Yangiliklar lentasi
0