Mishustin O‘zbekiston-Rossiya biznes forumini har yili o‘tkazishni taklif qildi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tish2 dekabrya 2022. Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin vistupayet na plenarnom zasedanii rossiysko-uzbekskogo biznes-foruma v Samarkande.
2 dekabrya 2022. Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin vistupayet na plenarnom zasedanii rossiysko-uzbekskogo biznes-foruma v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vaziri forumlar o‘zaro hamkorlikda yangi yo‘nalishlarni ochishga yordam berishini aytdi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumlarini har yili o‘tkazishni taklif qilib, bunday uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Ushbu forumni har yili o‘tkaziladigan tadbirga aylantirishni taklif qilaman, bu tashabbus hamkorligimizni kengaytirish, ishbilarmonlik va yangi integratsiya aloqalarini o‘rnatish uchun juda foydali bo‘lardi, tovar ayirboshlash va o‘zaro investitsiyalarni jalb etishga hissa qo‘shadi”, - deydi Rossiya hukumati raisi o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan muzokaralar chog‘ida.
Mishustin, shuningdek, Moskva mintaqalararo hamkorlikka katta ahamiyat berishini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya Federatsiyasining 80 ta subyekti O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda va hududlar o‘rtasida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 54 ta qo‘shma loyiha mavjud”.
“Biz hukumat darajasida bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, - deb ishontirdi RF Vazirlar Mahkamasi rahbari.
Uning qayd etishicha, Rossiya O‘zbekistonning Yevroosiyo integratsiyasidagi ishtiroki kengayayotganini olqishlaydi.
“O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olganidan so‘ng qisqa vaqt ichida keng ko‘lamli qo‘shma ishlar amalga oshirildi, bir qator sohalarda O‘zbekiston allaqachon ittifoqqa a’zo davlatlar uchun teng huquqli sherik sifatida ishlamoqda”, - dedi Mishustin.
U “Yevroosiyo integratsiyasida ishtirok etish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashi va eng muhimi, mamlakat fuqarolari farovonligini oshirish, ishbilarmonlik va sarmoyaviy faollikni kengaytirishi”ga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari Mixail Mishustin 1-2 dekabr kunlari O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bosh vazir Abdulla Aripov bilan birgalikda O‘zbekiston-Rossiya biznes forumi yalpi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Yangiliklar lentasi
0