O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘ndan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPredsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (vtoroy sprava) na zasedanii Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv Rossiyskoy Federatsii i Respubliki Uzbekistan v Samarkande. Sleva napravo - zamestitel predsedatelya pravitelstva RF Aleksandr Novak i zamestitel predsedatelya pravitelstva RF Aleksey Overchuk.
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (vtoroy sprava) na zasedanii Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv Rossiyskoy Federatsii i Respubliki Uzbekistan v Samarkande. Sleva napravo - zamestitel predsedatelya pravitelstva RF Aleksandr Novak i zamestitel predsedatelya pravitelstva RF Aleksey Overchuk. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
Samarqanddagi biznes-forum yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlari vakillari o‘ndan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlarni imzolashdi - tafsilotlar.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari Qo‘shma komissiya yig‘ilishida 12ta hamkorlik hujjati imzolandi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Ular quyidagicha:
Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 3-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommunike;
Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi Bitim;
Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risidagi Bitim;
Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida tovarlar va transport vositalarini olib o‘tishda bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish to‘g‘risida (“Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi”) 2016-yil 30-dekabrdagi Shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi protokol;
Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rtasida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum;
Rossiya Federatsiyasi Sport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida kasb-hunar ta’limi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum;
Mehnat va bandlik federal xizmati (Rossiya Federatsiyasi) va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida mehnat migrantlarining mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi;
Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha kompleks hamkorlik dasturi;
2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida transport sohasida hamkorlik bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi (“yo‘l xaritasi”);
V.D.Shashin nomidagi “Tatneft” OAJ va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
V.D.Shashin nomidagi “Tatneft” OAJ va “O‘zkimosanoat” AJ o‘rtasida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJning 100 foiz ulushini sotish va sotib olish to‘g‘risidagi shartnoma;
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida ichki ishlar organlarining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha elektron shaklda ma’lumot almashish uchun texnik protokol.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Samarqandda Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Tatariston rahbari Rustam Minnixonov, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, yirik korxonalar vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0