Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori – Mishustin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPredsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin. Arxivnoe foto
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil sarhisobiga ko‘ra Rossiya Xitoyni ortda qoldirib O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonning eng yirik hamkoriga aylandi, dedi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan biznes forumda. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, biz Xitoyni ortda qoldirib, respublika tashqi savdo aylanmasida 18 foizga yaqin ulush bilan birinchi o‘ringa ko‘tarildik”, deydi Bosh vazir.
U so‘zida davom etib, O‘zbekistonda Rossiya biznesi keng namoyish etilganini, bu yerda Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi 2700 ga yaqin korxona faoliyat yuritishi va ular qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muhim o‘rin tutishini qo‘shimcha qildi. Qayd etilishicha, Rossiya taraqqiyot institutlari faol ishtirok etmoqda, respublikaga mashinasozlik, metallurgiya, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va qurilish sanoati mahsulotlarini yetkazib berish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Eng yirik tashabbuslar yoqilg‘i-energetika sohasida va gap geologik qidiruv ishlari, istiqbolli ko‘mir, uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, shuningdek, “Rostex” davlat korporatsiyasi tomonidan foydalanishga topshirilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi va farmatsevtika sanoatidagi loyihalar haqida bormoqda”, deydi Mishustin.
Shuningdek, Mishustin jahon iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan global chaqiriqlarga faqat birgalikda qarshi turish mumkin deb hisoblaydi.
Jahon iqtisodiyoti va global bozorlar tartibsiz holatda va bunday vaziyatda mavjud hamda kelajakdagi qiyinchiliklarga faqat birgalikda samarali qarshilik ko‘rsatish mumkin, dedi Mishustin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Mixail Mishustin 1-2 dekabr kunlari O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bosh vazir Abdulla Aripov bilan birgalikda Samarqand shahrida hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi, hamda Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumining yalpi majlisida so‘zga chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0