Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasida neft-kimyo sohasida qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda

© Sputnik / Ramil SitdikovPrezident Respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov, arxivnoe foto
Prezident Respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasida neft-kimyo sohasida qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu haqida Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Rustam Minnixanovning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning barqaror ishlashini ta’minlash va qayta ishlash quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Shuningdek, neft kimosi va uglevodorodlarni ilg‘or qayta ishlash, hamda O‘zbekistonga xom neft yetkazib berish va mahsulotni yanada eksport qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Yambashi va Jiydalik investitsiya bloklari uchun geofizik ma’lumotlarni o‘rganish davom etmoqda.
Qolaversa, neft-kimyo sohasida O‘zbekistonni neft xomashosi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, “O‘zkimosanoat” AJ bilan “Navoiazot” AJ uchastkasida polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqarish majmuasini qurish loyihasi boshlangan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Tatariston-O‘zbekiston savdo aylanmasi 193 million dollardan oshdi. Joriy yilning 9 oyida ham 47 foizga o‘sish kuzatilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0