Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda

© SputnikStavki na sport, arxivnoe foto
Stavki na sport, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2022
Obuna bo‘lish
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar reklamasi uchun ham javobgarlik joriy etilyapti.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekistonda qimorga asoslangan onlayn o‘yinlarni o‘ynash va uni reklama qilish doir jazo va javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev o‘z Telegram sahifasida xabar berdi.
Deputatlar ko‘rib chiqayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda:
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish, o‘tkazish yoki ularda ishtirok etish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari yoxud Internet jahon axborot tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, uni ko‘paytirish, tarqatish – BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa – BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga BHMning 100 baravari, mansabdor shaxslarga esa – ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘yinlar, ayniqsa, “onlayn” qimor bilan bog‘liq jinoyatlar 2019-yilda 55 ta, 2020-yilda 86 ta, 2021-yilda 103 ta, 2022-yilning 6 oyida 90 tani tashkil etgan.
Mutaxassislarning fikricha, bunday o‘yinlar insonda qaramlikni vujudga keltirib, katta miqdordagi pul mablag‘lari sarflashiga va ayrim fuqarolarning o‘z joniga qasd qilish, firibgarlik, budjet mablag‘larni talon-toroj qilish kabi harakatlar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda.
“Onlayn qimor”da yutqazganligi sababli 2021-yilda 6 nafar va 2022-yilning 6 oyida 6 nafar fuqaro o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan. Ularning barchasi 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir.
Avvalroq Adliya vazirligi Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish kirituvchi qonun loyihasini ishlab chiqqani xabar qilingandi.
Hujjat qabul qilinsa, fuqarolarning qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda ishtirok etib, pul mablag‘lari sarflashiga, buning natijasida o‘z joniga qasd qilish, firibgarlik, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish kabi salbiy hatti-harakatlarni sodir etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0