Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida tadbirkorlar qanchaga ko‘paydi?

© unsplash/Towfiqu barbhuiyaRuki, skladivayushie stolbik iz monet.
Ruki, skladivayushie stolbik iz monet. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2022
Obuna bo‘lish
1 noyabr holatiga, O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar soni 35 830 tani tashkil etgan.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Joriy yilning 1-noyabr holatiga, O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar soni 35 830 tani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
So‘nggi 5-yilda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatgan tadbirkorlar soni (1 noyabr holatiga):
• 2018-yil – 19 336 ta;
• 2019-yil – 24 939 ta;
• 2020-yil – 29 057 ta;
• 2021-yil – 33 865 ta;
• 2022-yil – 35 830 ta.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi farmon imzolagandi.
Yangiliklar lentasi
0