Turkiyada turar joy binosida portlash yuz berdi

© Sputnik / Maksim DurnevMashina skoroy pomoshi na meste terakta na sentralnoy peshexodnoy ulitse Istiklyal v Stambule.
Mashina skoroy pomoshi na meste terakta na sentralnoy peshexodnoy ulitse Istiklyal v Stambule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2022
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar jabrlanuvchi tez yordam mashinalari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Turkiyaning Shanliurfa shahrida turar joy binosida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bu Sulaymon Shoh kvartalidagi uyning birinchi qavatidagi ish joyida sodir bo‘lgan, sabablari hozircha noma’lum.
“Ogohlantirish olinganidan keyin hududga politsiya, o‘t o‘chirish brigadasi, AFAD (qutqaruvchilar) va tibbiyot guruhlari jo‘natilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar jabrlanuvchi tez yordam mashinalari bilan shifoxonaga yetkazilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 13-noyabr kuni Istanbul markazida, Istiqlol ko‘chasida terakt sodir bo‘ldi. Olti kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi, u Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi bilan aloqasi borligini tan oldi.
Yangiliklar lentasi
0